Get Mystery Box with random crypto!

Bishkekdagi OSCE akademiyasi: Inson huquqlari va barqarorlik y | “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

Bishkekdagi OSCE akademiyasi: Inson huquqlari va barqarorlik yoʻnalishi boʻyicha magistraturada oʻqish uchun toʻliq grant!

Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahrida joylashgan OSCE akademiyasi quyidagi “Human Rights and Sustainability” magistrlik dasturini taklif etadi.

Bu magistrlik kursiga har yili 20-25 nafar talaba qabul qilinadi va barchasiga toʻliq grant ajratiladi.

Ariza topshirish va darslar ingliz tilida amalga oshiriladi.

Grant imkoniyatlari:
Kontrakt pulida toʻliq ozod qilinadi.
Oyiga 450 yevro stipendiya.
Bishkekka borish va kelish uchun aviachipta xarajatlari qoplanadi.
Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
Oʻzlashtirish darajasi eng yaxshi boʻlgan talabalar Yevropada moliyalashtiriladigan amaliyot imkoniyatlariga ega boʻladi.

Arizalar 2023-yil 30-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil ma'lumot

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Sayt