Get Mystery Box with random crypto!

Bugun 3 may — Jahon matbuoti erkinligi kuni. BMT Bosh Assamble | “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

Bugun 3 may — Jahon matbuoti erkinligi kuni. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1993-yil 3-mayda “Xalqaro matbuot erkinligi kuni” deb e'lon qilish va shu sanada matbuot erkinligi kunini nishonlash haqida maxsus rezolyutsiya qabul qilingan.

1994-yil 3-maydan buyon esa har yili shu sana dunyo bo‘ylab Jahon matbuoti erkinligi kuni sifatida nishonlanadi.

Mamlakatimiz yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilayotgan, ochiqlik va oshkoralik, so‘z va fikr erkinligi hayotimiz mezoniga aylanib borayotgan hozirgi davrda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishga bo‘lgan e’tibor tobora oshmoqda.

Yurtimizdagi barcha matbuot xodimlari va jurnalistlarni bugungi sana bilan samimiy tabriklab, ijodiga baraka va rivoj tilab qolaman!

“Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori Xayrulla Sattarov

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram Facebook Instagram