Get Mystery Box with random crypto!

Yevropa sarguzashtlari

Telegram kanalining logotibi yevropa_sarguzashtlarii — Yevropa sarguzashtlari Y
Telegram kanalining logotibi yevropa_sarguzashtlarii — Yevropa sarguzashtlari
Kanal manzili: @yevropa_sarguzashtlarii
Toifalar: Sayohat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.57K
Kanalning ta’rifi

Sayohat
Yevropadagi o'zbek talaba hayoti:
2019-2021: Erasmus Mundus Scholarship European Master in Tourism Management
2021-2023: MA Economics in Vienna
Data analyst
Muallif bilan bog'lanish: @YS_muloqot_bot

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-04-03 23:42:12
"Sufrajistkalar" filmini ko'rdim. Britaniyada ayollar huquqlari, xususan, saylovda ovoz berish huquqi va ajrimda bolasini o'zi bilan olib qolish huquqi uchun kurashgan ayollar haqida.

Filmni tugatgach, rasmdagi yangilik chiqib turibdi-da oldimdan. Yuragim og'rib ketdi. Ba'zilar allaqachon ayolni "ruhiy kasal, bahorda qo'ziydi.." deb ayblashni ham boshlabdi. Ha, ruhan sog'lom odam o'zini o'ldirmaydi. Lekin depressiyani tan olib, davolanish uchun imkon berilmaydigan jamiyatda nima qiloladi ayol?

Yetimxonalarda yetimlarini amaldorlari zo'rlayotgan tizimni ko'rib, bolasini shularga tashlab ketadimi? Biror o'zbek kelinining tug'ruqdan keyingi depressiyasini davolatadimi? Hech yo'q jismoniy sog'ligini tiklashini kutmasdan xizmat talab qiladi-yu, million mehmon chaqirib. Ketma-ket tug'diraveradi. O'g'il bo'lmay qolsa-ku, o'lgunicha tug'ishga mahkum.

Bu ayolning sababini bilmayman(hoynahoy, tug'ruqdan keyingi depressiya bo'lgan), lekin uni suitsid darajasiga keltirgan atrofdagilari aybdor. O'shalar qonxo'r.
937 views20:42
Ochish/sharhlash
2023-04-03 12:47:19
Falon pulga kitob, alfabet, rivojlantiruvchi o'yinchoqlar olasan. Monstrcha esa ustiga chiqib sakraydi, emaklaydi, yotadi..o'ynalishi kerak bo'lgan usuldan boshqa hammasini qiladi.

Bunga faqat qirilib ketgan dinozavr va zombilar bo'lsa

Men bolaligimda sevardim kitob-daftarlarni. Monstrchaga esa kalamush topib, chavaqlab cho'g'da pishirish qiziq. Har holda ota-bolaning tungi ertaklaridan shuning "hidi" keladi:

- Stoyi about baby zombie who attacked poyis(police)?
- Baby zombie and daddy were so hungry, they attacked police and ate them. There was blood, blood, blood everywhere.

Blood'siz hujum qilinglar hech bo'lmasa. Qonxo'r bo'lib ketyapsizlar.
- No, mommy. It was byad byad, byad(blood).
870 views09:47
Ochish/sharhlash
2023-04-01 13:31:51 #baby_language

Anchagina suzmani paqqos tushirgan Komil:

- Daddy, I feel better now. I've recovered!

Hubbyjon xursand:

- Muzdek narsa yesa, o'zini yaxshi his qiladimi, deyman, a?

Bir soatcha oldin "yaxshi ovqat yesang, tezroq tuzalasan. Tuzalganingdan keyin muzqaymoq yeymiz" degandim. Monstrchaning "kosasi tagida nimkosa"si borligini birdan bildim.

- Uni maqsadi boshqa, eshiting.

Monstrcha:

- I feel so good. Ko'o'o'p yoguyt yeding (yedim). Endi ayskyim yeysan, ha? Ayskyim beyaman(berasan). Yaxshi bo'lding(m).

Hubbyjon lol
- Yomon shumtaka-yey. Men rostdan o'zini yaxshi his qilyapti deb o'ylabman.

Men ham bir paytlar shunaqa gapirardim. Hali maktabga chiqmasdim. 4-5 yosh bo'lsam kerak. Navro'z arafasi edi. Tuflim yo'q edi, faqat etigim va o'tgan yilgi bosonojkam bor edi. Hamma ovqatlanib o'tirganda gap boshlaganman:

- Aya, kunlar isib ketdi, a?
- Ha, isidi.
.....

- Unda bunaqa havoda nima kiyadi odamlar? Hali bosonojka kiyishga sovuq, lekin etik kiyishga juda issiq...

Hamma qotib kulgan. Ayam puldan juda qiynalgan paytlari edi o'shanda. Shunda ham:

- Tufli olib beraman, bolam, - degan.

Hozir shunaqa nimkosa qilib gapirishni bilmayman. Yoqmagan odamga birdan yoqmayapsan, yolg'onchiga yolg'onchisan, burningni tiqma ishimga va hokazo qilib ochiq gapiraman. Rus maktabning ta'siri bo'lsa kerak. Chunki rus maktabga o'tmagunimcha haddan tashqari tortinchoq, gaplarni millionta qog'ozga o'rab gapiradigan yuvoshgina qo'zichoq edim. Rus adabiyotidan keyin o'zini haqqi uchun kurashish, haqiqatgo'ylik kabi tushunchalar kuchayib ketgan dunyoqarashimda..

Xullas, bolangiz nega muayyan narsani gapirayotganiga e'tibor bering. Aytayotgan gapining tagida boshqa istak yotgan bo'lishi mumkin.
986 views10:31
Ochish/sharhlash
2023-03-22 11:27:29 #baby_language

Jim turing, shovqinlanmang

Monstrcha kun sayin buzg'unchi va shumtaka bo'lib boryapti. Shu hafta yangi qiliq chiqaribdi. Unga yoqmaydigan gap aytsak, birdan barmoqchasini burniga qo'yib:

- Shshsh! - deydi, qovoqlari uyilgan.

Kecha tayyor bukilgan somsalarimni teshib chiqyapti.

- Komil, teshma! Qornidagi ko'katlari to'kilib ketadi.
- Shshshsh, mommy. Shshshsh, jim!
- Jim bo'lmayman, teshma somsalarimni!
- No, mommy! Shshshsh!
- qo'lchalarini bilan mening qo'limni surishga urinadi. Bitta qo'li burnida shshsh qilyapti, boshqasi bilan somsa teshyapti.

Tagliksiz yurishga o'rgatyapmiz. Lekin 80% holatda muvaffaqiyatsizlikka uchrayapmiz. Chunki:

- Komil, poop qilmoqchimisan? Yur pottyga o'tir, - monstrchaning bir oyoqdan ikkinchisiga likillayotganini ko'rgan dadasi yordam taklif qiladi.
- No, shshsh, daddy!
- Pee-pee qilmoqchisan-ku, kel, ishtoningni xo'l qilma.
- I said shshsh! I don't want to poop
.

Yarim daqiqadan keyin:

- Now I need wash-wash. I pooped in my pants. Next time I should go to the potty, ha?

Shunaqa payt men ham "shshsh" degim keladi. Lekin ruhini sindirmay deb, indamay hammomga yo'l olamiz.
1.6K views08:27
Ochish/sharhlash
2023-03-21 21:30:52
#Austria

Navro'z ko'k somsasiz Navro'zmas Biram yaxshiman-ey, erinmasdan ismaloq somsa qildim.

Kichkinaligimda ayam bahorda ko'p ko'katli narsalar pishirardi: ko'k somsa, yalpizli chuchvara, ko'k manti, xonim...

Navro'z kuni esa butun hovlini "generalnaya uborka" qildirib, kirlarni yuvib, hamma idishlarni suvga to'ldirtirib qo'yardilar. Hamma joy sarishta va idishlar suvga to'la bo'lsa, keyingi yil qut-barakali keladi deb ishontirardi. Men astoydil ishonardim shunga. Hamma chelak va baklarni to'ldirib chiqardik. Krandan va ariqdan suv tashib kelardik qishloqda.

Hozir bayramdan shunchaki hamma joyni tozalatib, suv tashittirishga yaxshi motivator sifatida foydlanganliklarini tushunaman. Lekin baribir Navro'z kuni general tozalash va ko'katli taom pishirish an'anadek tuyuladi. "Generalnaya uborka"ga vaqt bo'lmadi. Lekin somsa bor
1.5K viewsedited  18:30
Ochish/sharhlash
2023-03-21 14:55:42
Qirg'izlarning Venadagi elchixonasi bayramlarda qirg'izistonlik ekspatlarga bayram dasturxoni tuzatisharkan. O'tgan yili Navro'zda tashkil qilingan ziyofatiga qirg'iz kurdoshlarimga qo'shilib qozoqlar ham borgan ekan. Bu yil meni ham chaqir, baribir ko'rinishimdan o'zimizniki deb o'ylashadi, dedim Baribir ruscha gaplashishadi. Juda borsa, qirg'izcha bilmaydigan, o'rislashgan qirg'izman, deyishim mumkin.

Bizni elchixona ham nimadir qilarmikan deb yangiliklarni o'qish uchun saytiga kirmoqchi edim. Google dan birinchi chiqadigan havolani bossangiz, bu sayt hak qilingan deb qanaqadir "leviy" saytga yo'naltiradi. Saytning inglizcha versiyasi shunaqa. www.usbekistan.at/de nemischa versiyasini kiritsangiz, saytga to'g'ri kiradi.

Ha, mayli. Baribir yangiliklarida Navro'z haqida hech narsa yo'q ekan
1.4K views11:55
Ochish/sharhlash
2023-03-21 11:57:10 #mindset

Sarvinoz ayollar eri e'tiborsizligidan noligan ayolga bergan maslahatlarini bo'lishibdi kanalida.

Menga shu mavzu doim qiziq bo'lgan. An'anaviy o'zbek er-xotinlar hech bir-biri bilan o'z hissiyotlari haqida gaplashadimi? Yoki muhabbat faqat birga g'isht quyib, ro'zg'orda ezilishda deb o'ylaydimi?

Chunki shu "maslahat"lardagidek, shunaqasiga ham e'tiborsiz erga ayolning ham e'tiborsizligi qo'shilsa, oila qoladimi? O'zi umuman shunaqa o'zingga qara, erga e'tibor bermasang, senga tortiladi degan gaplarni tushunmayman. Odamda boshqa odamning fikrlarini o'qish qobliyati yo'q. Shunday ekan, o'tirib ochiq gaplashish masalani osonroq va tezroq hal qilmaydimi?

Yotoqni bo'lishgan odamlar tuyg'ularini bo'lisha olmasligi qiziq. Masalan, er yoki xotinga menga mehringni falon usulda (restoranga olib borish, birga kino ko'rish, gaplashish, birga ovqat qilish va hkz) ko'rsatishingni istayman, indamay pul topib kelishing yoki ovqat qilishing o'zaro yaqinlikni ifodalay olmayapti, deyoladimi?

Yo hamma xayolan fikr almashib tashlaydigan ekstrasensmi? Juda qiziq.
1.0K views08:57
Ochish/sharhlash
2023-03-21 10:37:34
#mood

Yaxshi yangiliklar bo'lishi kerak yaqinda
921 views07:37
Ochish/sharhlash