Get Mystery Box with random crypto!

#mindset Yaqinda bir nechta intervyularni ko'rdim, o'qidim. I | Yevropa sarguzashtlari

#mindset

Yaqinda bir nechta intervyularni ko'rdim, o'qidim. Ish izlash/topshirish jarayoni haqida. Ko'pchiligida hozirgi ishiga joylashgunicha 100-400 talab vakansiyalarga topshirgani va bityasi 400 tadan 10 ta intervyuga chaqirilgani, boshqasi esa 100 tadan 2 ta intervyuga o'tganini aytgan. Hammasi topshirishda kuchli portfolio tayyorlagan, cover letter yozgan, skills assessment imtihonlarga tayyorlangan va hkz.

Chala yarim yozilgan CV'imni hech qanday cover lettersiz 10 ta vakansiyaga yuborib, bittasiga intervyuga chaqirilib, faqat work permit rasmiylashtirish jarayoni uzoq cho'zilishi sababligina rad etilgan men va depressiya tomon yugurib ketayotgan ruhiyatim: 400 ta joyga ham topshiradimi odam?!

Xullas, hozir portfolio yaratish, boshlagan kurslarimni tugatib qo'yish va nemis tilini bir pasda o'rganib olish kabi masalalar bilan bandman. Yozlarda yana kanalni faollashtirsam kerak. Ish, yashash joyi borasida bir qarorga kelgach. Ungacha ulashiladigan pozitiv ko'pmas.

Mach's gut, dear leute