Get Mystery Box with random crypto!

Mana shu 'Sufrajistkalar' filmidagi voqealar 100 yilgina oldin | Yevropa sarguzashtlari

Mana shu "Sufrajistkalar" filmidagi voqealar 100 yilgina oldin bo'lgan. Aksariyat davlatlarda 50-60 yil oldin, arab davlatlarida esa ayollar saylash huquqini atigi 10-15 yil oldin qo'lga kiritgan.

Hozir siz va men oliy ta'lim olish, ishlash, shifokor, sudya, advokat va boshqa yuqori malakali mansabdor bo'lishimiz uchun shu sufrajist va feministlar qancha qurbonlik keltirgan. Kaltak yegan, o'ldirilgan, qamalgan..Shularning aziyati sizga hozirgi huquqlaringizni olib bergan.

O'zbek segmentida feministlarni fohishadan olib buzuqiga solishadi. Aslida feministlar shunchaki ayollar ham odamdek ko'rilishi, erkaklar qatori ta'lim olish, o'z hayotida o'zi tanlov qilish, kasb tanlash kabi bazaviy huquqlarni talab qilgan, xolos.

Sufrajistlarga oid qiziq faktlarni o'qidim. Ayollarga saylash huquqini bergan 1-davlat Yangi Zelandiya bo'lgan ekan. Yevropada esa Findlandiya. Daniya ham birinchilar qatorida bo'lgan. Shundan naq bir asr o'tgach esa ushbu davlatlarni ayol bosh vazirlar boshqardi. Naq 1 asr ketdi saylov huquqini olishdan to top lavozimga ko'tarilgunicha. Yonimizdagi Afg'onda esa ayollar bor huquqini qo'ldan chiqardi. Qizchalar o'qishdan mahrum.

Ana shunaqa. Feministlarni la'natlashdan oldin sal o'ylab ko'ring. Hech kim sizga imkoniyat va huquqlarni o'z-o'zidan taqdim etmaydi. Kimlardir buning uchun kurashadi. Ayollarga hatto oliy ta'lim olish imkoniyati berilganiga ham 100 yil bo'lgani yo'q.

Bor huquq va erkinliklaringizni qadrlab, ulardan foydalanmasangiz, ularni tortib olishlari hech narsamas. Uzoqqa borish shartmas, yonginangizda bunga tirik misol bor.

O'zini va bolalarini o'ldirgan ayol ham shu fojiaga uchramasligi mumkin edi. Agar o'qish, ishlash, qachon va nechta tug'ish imkoniyati o'ziga berilganida. Bizda ayollar odatda chorasizlikdan o'ldiradi o'zini: borishga joyi yo'q, 3 ta bolani boqishga ko'zi yetmaydi, ishi va doimiy daromad manbayi yo'q. O'lim yagona choradek tuyuladi ularga.

Shuning uchun qizlaringizni o'qiting. Ishlasin. Shaxsiy puli bo'lsin. Mutlaq qaramlikka bermang ularni. O'zingiz ham mutlaq qaramlikka rozi bo'lmang.