Get Mystery Box with random crypto!

Oxirgi paragraf hazilmas edi, esli chto. Hubbyjon bilan endi t | .

Oxirgi paragraf hazilmas edi, esli chto. Hubbyjon bilan endi tanishgan paytlarimiz o'zi tushlik qilmasdan, uning puliga menga snikers (ichida bir nechta donali katta snikers) olib kelardi. Shokoladni yoqtirardim. O'zim olishga qurbim yetardi, ishli boy talaba edim, lekin u tushlik o'rniga shokolad olayotgani tushimga kiribdimi.

Hozir istalgan payt istalgan restoranda ovqatlanish imkonimiz bor. Shunga qaraganda, boyib ketganmiz ancha

Yegulik va ovqatlar haqida ko'p yozishimning sababi, men food manyakman. Hatto vatan sog'inchim ham milliy taomlar sog'inchi bilan o'lchanadi. Shuning uchun istagan paytim istalgan taom/yegulikni olish imkoniyati men uchun juda ahamiyatli narsa.

Ya'ni izohlarda so'raydiganlardek, biror tansiq narsa yeyishim uchun homilador bo'lishim shartmas. Shunchaki, yangi, mazali oziq-ovqat tatib ko'rish - men uchun xobbi desa ham bo'ladi. Sayohat qilganimizda ham doim mahalliy taomlar va yeguliklar ro'yxati bilan yo'lga chiqaman.

Hubbyjon esa shu qiziqishimni qo'llab-quvvatlaydi, xolos. O'zi bir-birimizning hamma qiziqishlarimizni qo'llab-quvvatlarkanmiz. Balki shuning uchun "boyib ketgandirmiz"?