Get Mystery Box with random crypto!

#baby_language Bugun monstrcha bilan 6 ta kitob o'qibmiz. 1, | .

#baby_language

Bugun monstrcha bilan 6 ta kitob o'qibmiz. 1,5 soat ichida. Har birini 2-3 martadan

Hali tuzalmagan tomog'im bo'g'ilib, ovozim chiqmay qoldi. Har betini ifodali qilib, rasmdagi hayvonlar, insonlar roliga kirib o'qimasak, otib tashlaydi kitoblarini.

Men bundayligimda qo'limga kitob yo daftar tushsa, o'qishni bilmasam ham termulib o'tirardim. Bolam ham o'zimdek mo'min-qobil, yuvoshgina bola bo'ladi, hubbyjon ham bosiqqina-ku, derdim.

Monstrchaning nega monstrligini hubbyjon bolaligida kalamush tutib, terisini shilib, olovda pishirib yemoqchi bo'lganlari va kalamush tozalanayotgan paytda momosi ko'rib qolib, rosa xivich yeganliklarini aytib bergach sal anglagandek bo'ldim.