Get Mystery Box with random crypto!

Ikki yil oldin Yevropadan O'zbekistonga qaytgan tanishim yozib | .

Ikki yil oldin Yevropadan O'zbekistonga qaytgan tanishim yozib qoldi. Vazirlikda nufuzli lavozimda ishlaydi. Mabodo qaytib qolsam, yozda rezyume ko'tarib boraman oldingga, desam, indamay qoldi.

Bir necha daqiqadan keyin esa ketma-ket havola tashlayapti:

- Oliy Majlis referendum muhokama qilayotgani haqidagi yangilik.
- Besh yil oldin xorijdan qaytib, davlat tashkilotlarida yuqori mansablarda ishlab, keyin yana chetga ketib qolganlar haqidagi yangiliklar.
Oxirida esa:

- Yozda PhDga topshiraman. GREni qayta topshiryapman. Yashan bo'lmayapti. Qolgan umr va bolalaringga rahminglar kelsa, qaytmanglar, - debdi.

Yaqinda qayerdadir bir turkning yozuviga ko'zim tushgandi: qaytishga vatan qolmasligi mumkin. Nuqul kelajagimas, hoziri ham porloq vataning bo'lsa. Surishnimas, xorijlik iste'dodlarni jalb qilishni o'ylashga arzigulik. Bolang surish, pechkaga o'tin, elektr yoki rasvo havo haqida qayg'urmasdan normal yashaydigan makon.