Get Mystery Box with random crypto!

#tanlov_vaqti Keling bir oz dam olamiz va kitob varoqlashni s | Yetakchi kundaligi

#tanlov_vaqti

Keling bir oz dam olamiz va kitob varoqlashni salgina to'xtatib, ijodiy tafakkurni ishga solamiz .

Hech sevib o'qiydigan asarlaringiz va ularning mualliflarini o'zingiz yoqtirgan nimalargadir o'xshatib ko'rganmisiz?! Bu daraxt bo'lishi mumkin, bu taom bo'lishi mumkin, bu hissiyot bo'lishi... Qolgani tasavvuringizga bog'liq

Misol uchun:
1. Rashod Nuri Guntekin - "Ko'k choy", sababi asarlarini o'qigan sari bosh og'rig'ini qoldiradi va inson hordiq oladi.
2. Aleksandr Dyuma - "Biskvitli tort". Asarlari biskvitdek yengil va yoqimli va kitobxon yaxshi hazm qilladi.

Shartlari:
1. Yozuvchilar va o'xshatishlar soni cheklanmagan.
2. O'xshatmalarni @k17uz manziliga yuborasiz.
2. O'xshatmalar 26-avgust 18:00ga qadar qabul qilinadi.

Hakamlar tomonidan bir nafar g'olib tanlab olinadi va 27-avgust kungi kitobxonlar duelining navbatdagi sonida taqdirlanadi.

G'olibga Rey Bredberining "Farengeyt bo'yicha 451°" kitobi taqdim etiladi.

https://t.me/kitobxonlar_dueli