Get Mystery Box with random crypto!

Shunchaki sertifikat yordamida Noutbuk sotib olishning imkoni | Yetakchi kundaligi

Shunchaki sertifikat yordamida Noutbuk sotib olishning imkoni bormi?

Albatta, imkoni bor! Buning uchun:

Zamoviy kasblarni o‘rganishingizga yordam beradigan uzbekcoders.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘ting! ITning turli yo‘nalishlarida onlayn shaklda ta'lim oling. O‘qishni muvaffaqiyatli tugatgach, sertifikatingizni qo‘lga kiriting!

180 kalendar kun ichida quyidagi saytga kirib, kompensatsiya olish uchun murojaat qiling va ma’lumotnomaga ega bo'ling my.gov.uz/oz/service/523

Shuningdek, bu tizimdan foydalanish uchun sizdan “One ID” akkaunt talab etiladi. Shuning uchun kompensatsiyaga ariza qoldirish avvalida ushbu platformadan ham ro‘yxatdan o‘tishingiz lozim!

Vakolatli organ tomonidan ma’lumotnomani olgach, 60 ish kuni ichida banklarning tegishli filialiga kredit ajratishni so‘rab murojaat qilishingiz lozim.

Ushbu iste’mol kredit mablag‘ini faqatgina quyidagi banklardan olishingiz mumkin:
• T “Xalq banki”;
• AT “Aloqabank”;
• “Mikrokreditbank” ATB.

Ma'lumot uchun, Yoshlar ishlari agentligi ushbu kreditning foiz qismini to‘lab beradi.

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda iste’mol krediti ajratiladi.

Kredit uchun ariza beruvchi o‘ttiz yoshdan oshmagan bo‘lishi zarur!

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi