Get Mystery Box with random crypto!

Sizning dehqon xo'jalik yeringiz bormi? Mahallangizdagi ko'pc | Yer va uy-joy huquq

Sizning dehqon xo'jalik yeringiz bormi?
Mahallangizdagi ko'pchilik insonlar dehqon xo'jalik yeri ellik yerga beriladi, keyin esa davlat bu yerni olib qo'yadi, degan gaplarni ko'p eshitganmisiz?


Keling birgalikda shu gaplar haqiqatan to'g'ri yoki noto'g'riligini ko'rib chiqamiz.

Mahallangizdagi insonlar tomonidan dehqon xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar 50 yilga berilishi haqida aytgan gaplari noto'g'ri. Chunki DEHQON XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDAgi qonunning 3-moddasida Dehqon xo‘jaligi meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish yoki ijara (ikkilamchi ijara) huquqi asosida dehqon xo‘jaligi boshlig‘iga qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish va realizatsiya (sotish) qilish maqsadida berilishi belgilangan. Demak, siz dehqon xo'jalik yeringgizni qanday asosda olishingizni aniqlashtirib olishingiz kerak. Ya'ni siz dehqon xo'jalik yerini meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik huquqi asosida olgan bo'lsangiz, bu yerdan muddatsiz tarzda foydalana olasiz. Lekin siz dehqon xo'jalik yerini ijarga olgan bo'lsangiz, qancha muddatda yerdan foydalanishingiz sizga berilgan hujjatda aniq yozib qo'yiladi.