Get Mystery Box with random crypto!

Yer uchastkasini davlat ro'yxatidan o'tkazmasangiz jarimaga to | Yer va uy-joy huquq

Yer uchastkasini davlat ro'yxatidan o'tkazmasangiz jarimaga tortilishingizni bilasizmi?

Mening qo'limda yer uchastkasini ajratib berish bo'yicha hokimning qarori bor ( Tuman hokimlarining 2021-yil 1-avgustga qadar yer uchastkasini ajratib berish bo'yicha vakolati bo'lgan). Endi u yer menga tegishli kim nima qilsa qilsin hech kimmning qo'lidan hech narsa kelmaydi deb o'ylagan bo'lsangiz adashasiz.

O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 68-moddasiga ko'ra, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organga (Kadastr agentligi) yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari (3 000 000 so'm), mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravari (4 500 000 so'm) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Agar siz shu jarimalarini to'lashga rozi bo'lsangiz o'zingizni yer uchastkangizni davlat ro'yxatidan o'tkazmasdan yurishingiz mumkin .

Shuni unutmang!!!

Ko'chmas mulklaringizning hujjatlariga ma'sulyat bilan yondashishga harakat qiling. Chunki ko'chmas mulk bugungi kunda, kundan kunga qimmatlab borayotgan aktivlar (mulk) qatorida turadi. Agar yer uchastkangizni davlat ro'yxatidan o'tkazmagan bo'lsangiz, davlat ro'yxatidan o'tkazib qo'yganingiz ma'qulroq. Chunki yer uchastkasi sizga kim tomonidan berilgan bo'lishidan qat'iy nazar, yer uchastkasiga bo'lgan huquqingizni vujudga keltirib berolmaydi. Faqat yer uchastkasi davlat ro'yxatidan o'tgandan so'nggina sizda yer uchastkasiga nisbatan muayyan huquqlar vujudga keladi.

Kanalga ulanish
https://t.me/yeruyjoyhuquq