Get Mystery Box with random crypto!

Meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida | Yer va uy-joy huquq

Meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida yer uchastkalari kimlarga va qanday maqsadlar uchun berilgan?

O‘zbekiston Respublikasining fuqarolariga uchta maqsad uchun berilgan.
dehqon xo‘jaligi yuritish,
yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish
jamoa bog‘dorchiligi va uzumchiligi yuritish maqsadida berilgan. Demak, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida yer uchastkalari faqatgina fuqarolarga yuqoridagi maqsadlar uchungina berilgan.

Shuni yodda tuting!!!

2021-yil 1-avgustdan so’ng meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish asosida yer uchastkasini berish bekor bo’lgan. Ammo unga qadar siz meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida yer uchastkasini olgan bo'lsangiz bu huquq sizda saqlanib qoladi. Siz meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida yer uchastkasi olgan bo'lsangiz, bu yer avlodlaringizga ham meros sifatida o'tishini alohida takidlash mumkin. Lekin yerni sotish huquqingiz mavjud emas.

Kanalga ulanish
https://t.me/yeruyjoyhuquq