Get Mystery Box with random crypto!

Vizitka

Telegram kanalining logotibi yaypanliklar24 — Vizitka V
Telegram kanalining logotibi yaypanliklar24 — Vizitka
Kanal manzili: @yaypanliklar24
Toifalar: Yangiliklar , Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4
Kanalning ta’rifi

Ish vaqti 8:00-20:00
Murojat: @Yaypanliklar_admin
Taklif etamiz @Saxovat_yaypan
🔹Yaypanliklar uchun tashkil Etilgan va barchani o'zida jamlayotgan Eng ommabop kanal!
🔹 Tuman hokimligi va boshqa rasmiy idoralarning tezkor xabarlari yoritib boriladi.

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 52

2021-12-22 16:00:39
Marg'ilon shahridagi
"ILM CHASHMALARI" nodavlat ta'lim muassasasi taqdim etadi



Faol o'quvchilarimizdan Odilov Xolmuhammad bilan qisqacha tanishuv

Ustoz: Abdullatif Abdulhamid
____________________
Agar siz ham farzandingiz kelajagi uchun befarq bo'lmasangiz o'quv kurslarimizga marhamat qiling.

Manzil: Farg'ona viloyati, Marg'ilon shahri, B.Marg'ilon ko'chasi, 109-b uy.

Yaqinlaringizga ham ulashing

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling:
➥ @ilm_chashmalariofficial
169 views13:00
Ochish/sharhlash
2021-12-22 15:11:01
#Адлия_хабари

2022 йилда қўшимча дам олиш кунлари белгиланди

“2022 йилда расмий саналарни нишонлаш даврида қўшимча ишланмайдиган кунларни белгилаш ва дам олиш кунларини кўчириш тўғрисида”ги Президент Фармони (ПФ–35-сон, 20.12.2021 й.) қабул қилинди.

Фармонга мувофиқ, 2022 йилда қуйидаги дам олиш кунлари белгиланди:

барча ходимлар учун: 3 январь – душанба, 22 март – сешанба, 23 март – чоршанба, 11 июль – душанба, 2 сентябрь – жума;

6 кунлик иш ҳафтасида ишлайдиган ходимлар учун: 4 январь – сешанба, 4 май – чоршанба, 5 май – пайшанба, 12 июль – сешанба, 3 сентябрь – шанба ва 31 декабрь – шанба.

5 кунлик иш ҳафтасида ишлайдиган ходимлар учун дам олиш кунлари қўйидагича кўчирилди:

● 8 январь – шанба 4 январь – сешанба кунига;
● 7 май – шанба 4 май – чоршанба кунига;
● 14 май – шанба 5 май – пайшанба кунига;
● 16 июль – шанба 12 июль – сешанба кунига.

Lotin alifbosida o‘qing

Manba:
https://t.me/huquqiyaxborot


@Yaypanliklar24
176 views12:11
Ochish/sharhlash
2021-12-22 10:24:01
#2022_йил_1_январдан

2025 йил 1 январгача:

ҳар йили етиштириладиган пилла (ҳўл пилла) ҳосилининг бир килограмми учун 5 минг сўм миқдорида хонадонларда пилла етиштирувчи жисмоний шахсларга субсидия ажратилади;

тутзорларни суғориш учун фойдаланилган сув ҳажмига сув ресурсларидан фойдаланганлик учун солиқ ставкаси 50 фоиз миқдорда қўлланилади.

Manba: https://t.me/huquqiyaxborot


@Yaypanliklar24
198 views07:24
Ochish/sharhlash
2021-12-22 09:02:01
#Биласизми

Истеъмолчининг ҳуқуқлари бузилиши туфайли унга етказилган маънавий зарар учун уни етказган шахс, башарти у айбдор бўлса, ҳақ тўлаши лозим. Маънавий зарар учун тўланадиган ҳақ миқдорини суд белгилайди.

Маънавий зарар учун ҳақ тўлаш мулкий зиён ва истеъмолчи кўрган зарарнинг ўрни қопланишидан қатъи назар, амалга оширилади.

Lotin alifbosida o‘qing

Manba:
https://t.me/huquqiyaxborot

@Yaypanliklar24
182 views06:02
Ochish/sharhlash
2021-12-22 09:01:01
​​​#Акция #Акция #Акция #Акция
“BC” категория -1 500 000 сум
"B" категория -1 000 000 сум
“C” категория -600 000 сум
“D” категория-1 600 000 сум
“E” категория -1 000 000 сум

ПРАВА ОМОҚЧИМИСИЗ?
Унда сиз учун энг зўр имконият:
Энг асосийси бу бўлиб тўлаш имконияти бор
Барча категориялар учун бошлангич тулов 200 000 сум
Бизда курсатилган суммадан ташкари туловлар йук
Агар сиз ёки сизнинг фарзандингиз бизнинг автомактабимизда
хайдашни ўргана олмаса биз пулингизни қайтариб берамиз.

Мурожаат учун телефонлар:
+99891 148 90 00
+99833 148 90 00

Бизнинг каналимиз
https://t.me/joinchat/V6JupHLTY1czXZ0L
—————————————

Манзил: Кўқон шаҳар. Давронбек 147-А
мулжал: Бабушкин светофо
ри
162 views06:01
Ochish/sharhlash
2021-12-22 08:15:04
Aholining ayrim qatlamlariga 800 ming soʻm miqdorida bir martalik yordam koʻrsatiladi

Shavkat Mirziyoyev «Aholining kam taʼminlangan qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarorni imzoladi.

Unga koʻra, dekabr oyida aholining quyidagi qatlamlariga kiruvchi oilalarga 800 ming soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam koʻrsatiladi:

2021-yil davomida «Temir daftar» roʻyxatida boʻlgan oilalarga;
18 yoshga toʻlmagan farzandlari bor boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi oilalarga;
18 yoshgacha bolalar uchun nogironlik nafaqasini oluvchi oilalarga.

www.gazeta.uz/oz/2021/12/21/material-aid/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo`ling
@Yaypanliklar24
171 views05:15
Ochish/sharhlash
2021-12-22 08:01:01
Til oʻrganishda kerak boʻladigan maslahat!

1. Til o'rganishni kunlik odat tusiga kiriting!
Odamlar tilni o'rgana olmasliklaridan shikoyat qiladilar. Chunki davomiy ravishda shug'ullanmaydilar. Darhaqiqat, muvaffaqiyatsizlikning birinchi sababi, bir maromga tushib olmaslik va davomiylikning bo'lmasligidir.

2. Yodlash uchun to'g'ri so'z tanlang.
Har bir tilda millionlab so'zlar bor, lekin siz ularning hammasini yodlashga majbur emassiz. Yodlash uchun to'g'ri so'z tanlang!

3. Birinchi kundan boshlab gapiring!
Gapirishga harakat qilish o'rganilgan so'z va grammatikani ishlatishga majbur qiladi. Albatta bu tilni tezroq o'rganishga yordam beradi.

4. Til o'rganish safaridan zavqlaning.
Agar maqsad aniq bo'lmasa va siz "shunchaki" o'rganmoqchi bo'lsangiz bu juda qiyin. Tilni seving, osonroq o'rganasiz!

Tillarni biz bilan o'rganing!
Roʻyxatdan oʻtish uchun quyidagi raqamga qo'ng'iroq qiling:
+998(73)2400025

Telegram | Instagram
155 views05:01
Ochish/sharhlash
2021-12-22 08:01:01
2007−2009 yillarda Tico avtomashinamda kira qilganman — Sherzod Kudbiyev

Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sherzod Kudbiyev avvalroq pul yetishmasligi sababli kirakashlik qilishga majbur boʻlganini aytib oʻtdi. Bu haqda amaldor Toshkent yoshlar forumi — 2021 doirasida yoshlar bilan muloqotda taʼkidlab oʻtgan.

«2007-yilda Mehnat vazirligida yetakchi mutaxassis sifatida ish boshladim. 2007−2009 yillarda ishdan soʻng, kechki payt pulim yetmagani uchun qizil Tico rusumli avtomashinamda kira qilardim. Hozir bir emas ikki nafar haydovchim bor. Toshkentni ulardan yaxshiroq bilaman. Lekin hamma shunday qilishi kerak, demoqchi emasman. Balki bu notoʻgʻri hamdir», — dedi Sherzod Kudbiyev yoshlar bilan uchrashuvda. ‌

Kanalga obuna bo`ling
@Yaypanliklar24
150 views05:01
Ochish/sharhlash
2021-12-22 07:13:04
Ўзбекистонда илк бор 23 миллион гектар қишлоқ ҳўжалиги ерлари электрон харитага киритилди.

@Yaypanliklar24
158 views04:13
Ochish/sharhlash
2021-12-22 07:05:09
#Биласизми

Қонунчиликка кўра, етим болалар ва ота-она қарамоғидан маҳрум бўлган болаларга техникум, коллеж, академик лицей ёки ОТМда ўқиётган даврида ҳар ўқув йилида бир маротаба ўқув, илмий ва бадиий адабиётлар (китоблар) харид қилиш харажатлари учун БҲМнинг 5 баравари (1 млн 350 минг сўм) миқдорида субсидиялар ажратилади.

Шунингдек, ўқув-тарбия муассасалари тарбияланувчиларининг тегишли йўналишлар бўйича курсларда ўқиш харажатлари бир йилда БҲМнинг 20 бараваригача (5 млн 400 минг сўмгача) миқдорда компенсация қилинади.

Lotin alifbosida o‘qing

Manba:
https://t.me/huquqiyaxborot

@Yaypanliklar24
151 views04:05
Ochish/sharhlash