Get Mystery Box with random crypto!

2007−2009 yillarda Tico avtomashinamda kira qilganman — Sherzo | Vizitka

2007−2009 yillarda Tico avtomashinamda kira qilganman — Sherzod Kudbiyev

Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sherzod Kudbiyev avvalroq pul yetishmasligi sababli kirakashlik qilishga majbur boʻlganini aytib oʻtdi. Bu haqda amaldor Toshkent yoshlar forumi — 2021 doirasida yoshlar bilan muloqotda taʼkidlab oʻtgan.

«2007-yilda Mehnat vazirligida yetakchi mutaxassis sifatida ish boshladim. 2007−2009 yillarda ishdan soʻng, kechki payt pulim yetmagani uchun qizil Tico rusumli avtomashinamda kira qilardim. Hozir bir emas ikki nafar haydovchim bor. Toshkentni ulardan yaxshiroq bilaman. Lekin hamma shunday qilishi kerak, demoqchi emasman. Balki bu notoʻgʻri hamdir», — dedi Sherzod Kudbiyev yoshlar bilan uchrashuvda. ‌

Kanalga obuna bo`ling
@Yaypanliklar24