Get Mystery Box with random crypto!

Sogʻliqni saqlash vazirligi markaziy apparat xodimlarining 40 | Vizitka

Sogʻliqni saqlash vazirligi markaziy apparat xodimlarining 40 foizini ishdan boʻshatdi

Sogʻliqni saqlash vazirligining (SSV) navbatdan tashqari hayʼat yigʻilishida markaziy apparati xodimlarining 40 foizi oʻz vazifasidan ozod etildi.

Yigʻilishda oxirgi paytlarda SSVga tibbiyot sohasi boʻyicha koʻplab murojaatlar kelib tushayotgani taʼkidlandi. 11 oy davomida jami murojaatlar soni oʻtgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 12 mingtaga oshib, 57,6 mingtani tashkil etdi. Ularning aksariyati sifatsiz tibbiy yordam bilan bogʻliq masalalar ekani aytildi.

«Chunki tizimda hal qilinishi lozim boʻlgan muammolar koʻp. Ayniqsa, aksariyat hududlarda tibbiy xizmat sifati hanuz talab darajasida emas. Sohada byurokratik toʻsiqlar va korruptsion holatlar, afsuski, saqlanib turibdi», — deyiladi vazirlik xabarida.

Batafsil: https://www.gazeta.uz/oz/2021/12/14/ssv-dismissal/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo`ling
@Yaypanliklar24