Get Mystery Box with random crypto!

Prokuratura kesilgan daraxtzor uchun toʻlangan 1,89 mlrd soʻmn | Vizitka

Prokuratura kesilgan daraxtzor uchun toʻlangan 1,89 mlrd soʻmni Ekoqoʻmga oʻtkazmadi – deputat

Deputat Rasul Kusherbayev 2020 yil fevralida Toshkentning Yakkasaroy tumanidagi daraxtzorni kesish fakti boʻyicha qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi natijalariga aniqlik kiritish maqsadida Toshkent prokuraturasi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga rasmiy soʻrovlar yubordi.

Unga javoban Ekologiya davlat qoʻmitasi Toshkent prokuraturasidan haligacha 1,89 mlrd soʻm tushmagani, ular hamon departament depozit hisob raqamida ekanligini maʼlum qildi. Qoʻmita ushbu maʼlumotni “Gazeta.uz”ga ham tasdiqladi.

Shahar prokuraturasi esa deputatning 9 noyabrda yuborgan soʻroviga javob bergani yoʻq.

Rasul Kusherbayev bir oz oʻtib oʻz postini oʻchirib tashladi. “Gazeta.uz” deputat bilan bogʻlandi, biroq u izoh berishdan bosh tortdi va ehtimoliy bosim haqidagi savolga javob bermadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2021/12/14/deputy/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo`ling
@Yaypanliklar24