Get Mystery Box with random crypto!

#ONLAYN_TANLOV Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi | Yashnobod AKM "Zukko" kitobxon klubi

#ONLAYN_TANLOV

Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning maʼnaviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi talaba-yoshlarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish maqsadida yangi tahrirdagi Konstitutsiya to‘g‘risidagi qonun loyihasi bo‘yicha “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki!” shiori ostida onlayn tanlovini eʼlon qiladi.

Onlayn tanlov 2 ta bosqichda o‘tkaziladi. Har bir bosqichda 10 ta testdan iborat.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oid test topshiriqlarini yechishingiz lozim bo‘ladi.

15-aprel kuni soat 19:00da @manaviyateduuz Telegram kanalida 1-bosqichi o‘tkaziladi.

Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning maʼnaviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi tomonidan diplom va badiiy kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanadi

Faol bo‘ling, bilimingizni sinab ko‘ring!