Get Mystery Box with random crypto!

#Ajoyib #Repost Bugun ishdan keyin uyga qaytayotganimda ajoyi | 🇯🇵YAPON TILI 日本語

#Ajoyib #Repost

Bugun ishdan keyin uyga qaytayotganimda ajoyib voqeani guvohi bo’ldim. Xullas biz yashaydigan ko’p qavatli binoni kiraverishiga yetganimda, qaysidir qo’shnimiz bolasiga tanbeh berayotganini eshitdim. Birovni gapini zimdan kuzatish yaxshi emas, lekin, qiziqdim. Qani Yaponlar qanaqa qilib farzandlarini tarbiyalaydi. U qo’shnimiz zinani tepasida, man pastda. Bir- birimizga ko’rinmaymiz. Lekin ovozlar eshitiladi:
- “Akichan,(«chan» ismlarga erkalash ma'nosini beradigan qo’shimcha) man ishdan charchab kelganimga qaramasdan, hozirgi kunlarda juda band bo’lishimga qaramasdan atay sayr qilishga olib chiqdim. San bo’lsa yo’lda moshina yo’liga chiqib ketay deding. Yaxshiyamki ushlab qoldim. Agar ushlab qolmaganimda moshina urib ketganda nima bo’lardi? Joning azob chekardi, yoki sandan ayrilib qolsam man keyin qanday yashardim?
Boshqa unaqa qilma xo’pmi? Juda ham ehtiyotkor bo’lishing kerak, moshina yo’llariga chiqqaningda. Sani juda qattiq yaxshi ko’raman. Iltimos, manga va'da ber! Boshqa takrorlamayman deb? Va'da berasan-a?
Yaxshi, endi uyga kiramiz. Mandan xafa bo’lma, sani urushmadim”.

Bu gaplarni eshitdimu, ichimda o’zimga o’zim takrorladim. Mana Yaponcha tarbiya, mana Yaponcha intizom, mana bolani qanday tarbiyalash kerak. Ana shuning uchun ham bulardan nobelchilar chiqqan, ana shuning uchun ham bular tartib-intizomda dunyoda birinchi o’rinda turadi. Ana shuning uchun ham bular rivojlanib ketgan.

Shu kabi hayollar miyamda aylanib zinadan ko’tarildim. Ko’tarildimu ne ko’z bilan ko’rayki boyagi Yapon qo’shnimiz kuchugiga gapirib yotgan ekan. Xeh, sani tarbiyalashinga havasim ketmay man o’lay)

Bahodir Iskandar minbari

#YaponiyaSadosi

#QiziqarliYaponiya

Yaponlar haqida ko'proq ma'lumotlar
https://t.me/joinchat/AAAAAFAYITyPrvHdJNsAOA


Telegram | Facebook | Instagram