Get Mystery Box with random crypto!

​​ Hazil she'r. Do'stim,qiziqmagin Yapon qizlarga, Bilmay o't | 🇯🇵YAPON TILI 日本語

​​ Hazil she'r.

Do'stim,qiziqmagin Yapon qizlarga,
Bilmay o'tib ketasan aniq yoshini,
Malla, yashil ranglar yetmay turganday,
Qip -qizilga bo'yab olar sochini.

Lablariga qora pomada qo'yib,
Tamaki tutatib kirsa xonanga,
Soqolingdan kalta yubkani kiyib,
Salom solib tursa ota onanga.

Bir tasavvur qilchi, ujin,oilaviy,
Dasturxon,hamma jam,soat oltida,
Qora choy o'rniga pivoni qo'yib,
Kanpaiii deb yuborsa ovqat oldidan.

Ne qilasan zirak taqib burniga,
Badanga tatooni urvolib kelsa,
Farzand ko'rgim yo'qdir, uning o'rniga,
CHiroyli mushukcha boqamiz desa.

Sms jo'natsa hovuchlab yurak,
Hurkitmay erliging, haybating,
"Bugun uyga vaqtli qaytishing kerak,
Ovqatni pishirish seni navbating".

Gerdayib obording qishloqqa,
Hammani og'zida o'sha gap,
Chorlab ko'r sigirni sog'moqqa,
Qochadi japanga chopqillab...

Hozirku yoshlikda yoqadi,
Eshitish muloyim gapini,
Boshingda yong'oqlar chaqadi,
Qildirmoq istasang tappini.

Tarixda qolgan u sen bilgan,
Yaponlar, Koreyslar yo chinlar,
Asl sharq kim qachon g'arb bo'lgan,
Menimcha yo'q endi Oshinlar.

Dakara yaxshilab o'ylab ko'r,
Pushaymon, so'ng dushmon bo'lmasidan,
Donolar ne deydi so'rab ko'r,
"Xotin top , iymonli muslimasidan"..

Bahodir Iskandarov 2019.02.26

#HazilSher

#LirikChekinish

Yaponcha she'rlar kanali
https://t.me/joinchat/AAAAAFAYITyPrvHdJNsAOA



Telegram | Facebook | Instagram