Get Mystery Box with random crypto!

Yaponiya Sadosi | LIVE

Telegram kanalining logotibi yaponiya_sadosi — Yaponiya Sadosi | LIVE Y
Telegram kanalining logotibi yaponiya_sadosi — Yaponiya Sadosi | LIVE
Kanal manzili: @yaponiya_sadosi
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 890
Kanalning ta’rifi

→Yaponiya va dunyo yangiliklarining qisqacha tahlili.
→Yapon tilida yozilgan kitoblarning o'zbekcha tarjimasi.
🔵 fb.com/YaponiyaSadosi
🟡 instagram.com/YaponiyaSadosi
🔴 https://bit.ly/3mTqnHz
Aloqa uchun👉🏻 @YScontact_bot
Reklama uchun👉 @YSreklama

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-03-16 07:18:55 ​​ Respublika maxsus komissiyasi tomonidan bir qator talablar bekor qilinadi

2022 yilning 16 martidan boshlab, O'zbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasi bilan chegarasida joylashgan o'tkazish punktlari faoliyati qayta tiklanadi.

SHuningdek, O'zbekiston Respublikasiga kirib keluvchilar respublikaga tashrif buyurishidan kamida 48 soat oldin topshirilgan koronavirus infeksiyasiga PCR test natijasi bo'yicha manfiy natijali ma'lumotga ega bo'lishi talabi ham bekor qilinmoqda.

Endilikda xorijiy davlatlardan O'zbekistonga tashrif buyuruvchilarga tegishli tartibda emlanganlik sertifikati yoki pasportiga ega bo'lgan taqdirda, ulardan PCR test natijasi hamda koronavirus infeksiyasiga ekspress-antigen test topshirishi talabi qo'yilmaydi.

Kanalga ulanish
https://t.me/+UBghPNiV-lnLqDF9
1.9K viewsedited  04:18
Ochish/sharhlash
2022-03-01 11:14:12
1-Martdan boshlab Chet elliklarni Yaponiyaga kirishiga rasman ruxsat berildi.

Yaponiya hukumati rasman 1-Mart kunidan boshlab immigratsiya cheklovlarini yengillashtirdi. Kuniga mamlakatga kiradigan chet elliklarning maksimal soni 5000 nafarga ko'tarildi va biznesmenlar, texnik stajyorlar va xalqaro talabalar kabi turizmdan tashqari boshqa maqsadlar uchun printsipial jihatdan taqiqlangan xorijliklarning yangi kirishiga ruxsat berildi.

Yanada ko’proq ma’lumotlar
https://t.me/+UBghPNiV-lnLqDF9
3.8K viewsedited  08:14
Ochish/sharhlash
2022-03-01 08:19:26
Toyota kompaniyasi biznes hamkorlariga kiberhujum qilinganligi sababli Yaponiyadagi barcha zavodlarining faoliyatini to`xtatdi

Toyota Motor korporatsiyasi 1-mart kuni Yaponiyadagi barcha zavodlarini yopishini ma’lum qildi. Kompaniyaning eng asosiy mijozlaridan biri bo`lgan avtomobillarning ichki va tashqi ehtiyot qisimlarini ishlab chiqaruvchi Kojima Press kompmaniyasi tizimda nosozlik kuzatilgani xaqida xabar qilgan, mutasaddilarning so'zlariga ko'ra kompaniya kiberhujumga uchragan. Hozirda kompaniya sabablarni o'rganmoqda.

Manba: NHK News
2.3K viewsedited  05:19
Ochish/sharhlash
2022-02-28 17:49:51 ​​Yaponiya Putinning aktivlarini muzlatib qo'yadi va SWIFT sanktsiyasiga qo'shiladi

Yaponiya Rossiyaning Ukrainadagi agressiyasiga javoban Rossiya prezidenti Vladimir Putin va boshqa muhim hukumat amaldorlarining moliyaviy aktivlarini muzlatishga qaror qildi.
Yakshanba kuni qarorni e'lon qilar ekan, Bosh vazir Fumio Kishida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi status-kvoni kuch bilan o'zgartirishga qaratilgan bir tomonlama urinish va xalqaro tartib poydevorini titratish, dedi. Janob Kishida, Rossiyaning bu harakati xalqaro huquqni ochiqdan-ochiq buzish ekanligini, bunga hech qachon toqat qilib bo’lmasligi va Yaponiya buni keskin qoralashini aytdi. Shuningdek, u xalqaro tartib normalarini himoya qilish uchun birlashgan va qat'iy javob berish zarurligini aytdi. Uning ta'kidlashicha, Yaponiya SWIFT xalqaro to'lov tarmog'idan Rossiyaning tanlangan banklarini uzishda AQSh va Evropa mamlakatlariga qo'shiladi.
Bundan tashqari janob Kishida Yaponiya Ukraina xalqiga favqulodda gumanitar yordam sifatida 100 million dollar ajratishini va qoʻshimcha ravishda 100 million dollarlik iyenadagi kreditlar ham taqdim etishini ta’kidladi.

Manba: NHK news

Yanada ko’proq ma’lumotlar
https://t.me/+UBghPNiV-lnLqDF9
1.9K views14:49
Ochish/sharhlash
2022-02-24 09:18:26
Yaponiya DXR va LXR ga sanksiya e’lon qildi.

Yaponiya bosh vaziri Fumio Kishida, o’zini mustaqil davlat deb e’lon qilgan Ukraina hududidagi Donbass hamda Luganssga qarshi sanksiyalarini e'lon qildi. Unga ko’ra sanksiya mazmuni DXR va LXR fuqarolariga viza berishni to'xtatish, kapitallarni muzlatish, respublikalar bilan eksport-import aloqalarini taqiqlash kabilarni o’z ichiga oladi.

Yanada ko’proq ma’lumotlar
https://t.me/+UBghPNiV-lnLqDF9
2.1K views06:18
Ochish/sharhlash
2022-02-23 10:10:24 ​​Janubiy Koreya bosh vaziri Yaponiya bilan tarixiy muammolar yuzasidan ikki davlat shoshilinch muloqotga muhtojligini aytdi

Janubiy Koreya Bosh vaziri Kim Bu Gyeom kuni kecha xorij matbuoti bilan matbuot anjumani uyushtirib, Yaponiya bilan tarixiy muammolar yuzasidan "muloqot zudlik bilan zarur. Har ikki davlat rahbarlari kelajak avlodlar uchun harakat qilishlari kerak" dedi.
Janubiy Koreyada prezidentlik saylovlari mart oyida bo‘lib o‘tadi, may oyida esa yangi hukumat ishga tushadi. Janob Kim, "Hozirgi ma'muriyat muammoni hal qila olmasa ham, keyingi hukumat buni hal qiladi degan umiddaman" deya takidladi.

Shuningdek, janob Kim matbuot anjumanida "Tarixiy muammolar bo'yicha hukmlar va savdo mojarolari (Yaponiya-Koreya) har ikki davlat oldida turgan uyga vazifasidir", dedi.

Janubiy Koreya Oliy sudi 2018-yilda yapon kompaniyalarini yapon harbiylari tomonidan tarixda majburiy xizmatga yollangan va nomusi toptalgan koreyaliklar uchun kompensatsiya to‘lash majburiyatini yuklagani haqidagi qaror va Yaponiya hukumatining 2019-yilda Janubiy Koreyaga eksport cheklovlarini kuchaytirishi haqida so‘z yuritilishi kutilmoqda.

Janubiy Koreya Oliy sudi Qarori yuzasidan, Yaponiya hukumati Yaponiya-Koreya da'volari bo'yicha kelishuvning buzilishi deya baholab qarorga qarshi chiqib keladi.

Yanada ko’proq ma’lumotlar
https://t.me/+UBghPNiV-lnLqDF9
1.7K viewsedited  07:10
Ochish/sharhlash
2022-02-23 04:00:14
Xitoyda Yaponiya elchixonasi xodimlari hibsga olingani yuzasidan tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xitoy tomonining uzr so‘rashini talab qildi

Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi 22-fevral kuni Yaponiyaning Xitoydagi elchixonasi xodimlari 21-fevral kuni Xitoy rasmiylari tomonidan vaqtincha hibsga olinganini maʼlum qildi.
22-fevral kuni Vitse-vazir Takeo Mori qattiq norozilik bildirib, Xitoyning Yaponiyadagi elchixonasining muvaqqat ishlar vakilidan uzr soʻrashni talab qildi. Shuningdek, ushbu holat Diplomatik aloqalar toʻgʻrisidagi Vena konventsiyasini ochiqdan-ochiq buzish ekanligini ma’lum qildi. Shu bilan birgalikda, ayni holatni yana takrorlanishning oldini olish choralarini ko'rishga chaqirdi.

Ma’lumot o’rnida, Vena konventsiyasi diplomatlarning, jumladan, biznes va texnik xodimlarning hibsga olinmaslik imtiyozi hamda elchixonalar daxlsizligini tan oladi.

Yanada ko’proq ma’lumotlar
https://t.me/+UBghPNiV-lnLqDF9
1.3K views01:00
Ochish/sharhlash
2022-02-22 11:34:52
Nagoya pochta bo'limida o'g'irlik sodir bo’ldi

​​22-Fevral kuni ertalab soat 10:30 atrofida bir kishi qo’lida pichoq bilan Nagoya shahridagi "Nagoya Motosakurada pochta bo'limi" ga bostirib kirib, taxminan 90 000 yen naqd pulni o‘g‘irlab, qochib ketgan. Voqea joyida hech kimning jabrlanmagani aytilmoqda.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyatchi pichoqni ko‘rsatib, xodimdan 90 ming yenga yaqin pulini o‘g‘irlab mototsiklda qochib ketgan. Politsiya talonchilik ishi sifatida qochib ketgan jinoyatchining qayerdaligini kuzatmoqda. Ma’lumotlarga ko’ra jinoyatchi Erkak kishi bo’lib, taxminan 30-40 yoshlarda, bo‘yi 170 sm atrofida, egnida qora jemper va to‘q ko‘k shim kiygani aytiladi.

Yanada ko’proq ma’lumotlar
https://t.me/+UBghPNiV-lnLqDF9
1.2K views08:34
Ochish/sharhlash