Get Mystery Box with random crypto!

​​ Respublika maxsus komissiyasi tomonidan bir qator talablar | Yaponiya Sadosi | LIVE

​​ Respublika maxsus komissiyasi tomonidan bir qator talablar bekor qilinadi

2022 yilning 16 martidan boshlab, O'zbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasi bilan chegarasida joylashgan o'tkazish punktlari faoliyati qayta tiklanadi.

SHuningdek, O'zbekiston Respublikasiga kirib keluvchilar respublikaga tashrif buyurishidan kamida 48 soat oldin topshirilgan koronavirus infeksiyasiga PCR test natijasi bo'yicha manfiy natijali ma'lumotga ega bo'lishi talabi ham bekor qilinmoqda.

Endilikda xorijiy davlatlardan O'zbekistonga tashrif buyuruvchilarga tegishli tartibda emlanganlik sertifikati yoki pasportiga ega bo'lgan taqdirda, ulardan PCR test natijasi hamda koronavirus infeksiyasiga ekspress-antigen test topshirishi talabi qo'yilmaydi.

Kanalga ulanish
https://t.me/+UBghPNiV-lnLqDF9