Get Mystery Box with random crypto!

QIZILTEPALIK BITIRUVCHILARGA MEDALLAR TOPSHIRILDI Tuman hokim | YANGI QIZILTEPA

QIZILTEPALIK BITIRUVCHILARGA MEDALLAR TOPSHIRILDI

Tuman hokimligi binosida sektor rahbarlarining bitiruvchilar bilan ochiq muloqot tarzidagi uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuv avvalida tuman hokimi U. Fayziyev bitiruvchilarni tabriklab, ularga katta hayotdagi yo‘llarida omad va zafarlar tiladi. Bitiruvchi yoshlarning tumanimiz kelajagi uchun muhim ahamiyat kasb etishlarini alohida ta’kidladi.

Shundan so‘ng maktabni oltin va kumush medallari bilan yakunlagan o‘quvchilarga rahbarlar ishtirokida medallar topshirildi.

Uchrashuv davomida sektor rahbarlari bitiruvchilar bilan ochiq muloqotda suhbatlashishdi.

Ma’lumot uchun: joriy o‘quv yilida tumandagi maktablarni jami 51 nafar bitiruvchi medallar bilan yakunladi. Shundan 47 nafar bitiruvchi oltin medal bilan, yana 4 nafari kumush medal bilan bitirdi.

O‘quvchilari eng ko‘p medal olgan maktablar:

- 1-maktab
(7 ta oltin, 1 ta kumush medal)
- 4-IDUM va 42-maktab (6 tadan oltin medal)
- 5-IDUM (5 ta oltin, 2 ta kumush medal)
————————
https://t.me/yangiqiziltepaa