Get Mystery Box with random crypto!

#Yangi_tahrirdagi_mehnat_kodeksi Xodimning mehnat daftarchasi | Янги меҳнат кодекси📚

#Yangi_tahrirdagi_mehnat_kodeksi

Xodimning mehnat daftarchasiga o‘rindoshlik asosidagi ishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish

Xodimning yozma arizasiga ko‘ra, o‘rindoshlik asosidagi ish joyidan berilgan ma’lumotnoma asosida asosiy ish joyidagi ish beruvchi tomonidan xodimning mehnat daftarchasiga ish davrlarini ko‘rsatgan holda o‘rindoshlik asosidagi ish to‘g‘risida yozuv kiritiladi. O‘rindoshlik asosidagi ish joyidan beriladigan ma’lumotnomaning shakli O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. O‘rindoshlik asosidagi ish joyidan berilgan ma’lumotnoma asosiy ish joyida saqlanadi. Ichki o‘rindoshlik chog‘ida xodimning mehnat daftarchasiga yozuv uning yozma arizasi asosida kiritiladi.

BATAFSIL

Kanalga ulanish https://t.me/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari
Mehnat.uz Facebook Instagram I Twitter
Telegram YouTube