Get Mystery Box with random crypto!

Texnologiya Yangiliklari

Telegram kanalining logotibi yangiliklari_texnologiya — Texnologiya Yangiliklari T
Telegram kanalining logotibi yangiliklari_texnologiya — Texnologiya Yangiliklari
Kanal manzili: @yangiliklari_texnologiya
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24
Kanalning ta’rifi

Texnologiya olamidagi eng so'nggi yangiliklarni biz bilan kuzatib boring!
Biz faqat sifatli kontent tarafdorimiz.
You Tube - youtube.com/channel/UC2uye5eAyM7C_z8y0J2ERyg
Reklama va tijoriy hamkorlik uchun @TexnoNews_ads

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-10-27 18:20:25
Telegram’da pulli postlar sinovdan o‘tkazilmoqda

Messenjerda oddiy kanallardagi pulli kontentlar sinovdan o‘tkazilmoqda. @donate orqali eksklyuziv postlarning yangicha formatini sinab ko‘rish mumkin.

Masalan, bloger Ilya Varlamovning mana bu postini 1 yevro evaziga ochsangiz bo‘ladi. To‘lovni esa viza kartalari orqali amalga oshirish mumkin.

Telegram’ni kimdir to‘xtatoladimi?

@TexnoIogiya_Uz - birinchi raqamli IT blog
35 views15:20
Ochish/sharhlash
2022-10-24 12:14:02
Telegram username'lari auksioni uchun tayyorgarlik avjida!

Tez kunda Telegram'da bitta akkaunt bilan bir nechta foydalanuvchi nomlariga egalik qilish mumkin bo'ladi.

@TexnoIogiya_Uz - birinchi raqamli IT blog
41 views09:14
Ochish/sharhlash
2022-10-14 18:20:25
Telegram'da avval bepul bo'lgan funksiya Premium obunaga qo'shilmoqda

Pavel Durov o'z va'dasini buzyapti.

Batafsil: https://telegra.ph/Telegramda-avval-bepul-bolgan-funksiya-Premium-obunaga-qoshilmoqda-10-14

@TexnoIogiya_Uz - birinchi raqamli IT blog
89 views15:20
Ochish/sharhlash
2022-10-14 09:11:02
Beta sinovlari tamom, Samsung rasmiy One UI 5 tizimini tez orada jo'natishni boshlaydi

Samsung oktabr oyining oxirigacha One UI 5 tizimini Galaxy S22 modellari uchun taqdim etadi. Ushbu xabar Samsung kompaniyasining dasturchilar konferensiyasida ma'lum bo'ldi.

Shuningdek, yangilanish bilan smartfonlar Android 13 operasion tizimiga ham o'tadi. Unda yanada takomillashtirilgan Material You funksiyasi, dinamik mavzular va ekran qulfi, bundan tashqari, Samsung smartfonlarida birinchi marta ko'p foydalanuvchi qo'llab-quvvatlash funksiyasi bo'ladi.

Endi qo'l harakatlari bilan smartfonda turli xil vazifalarni bajarish mumkin bo'ladi. Misol uchun, barmoqni ekranning pastki qismidan tepaga ikki marta surganda ekran ikki qismga ajratiladi.

@TexnoIogiya_Uz - birinchi raqamli IT blog
102 views06:11
Ochish/sharhlash
2022-10-12 19:21:02
Telegramda virus tarqamoqda!

Firibgarlar tomonidan Telegram Premium tekin bo'ldi yoki siz aksiyada 3 oylik bepul obuna yutib oldingiz, degan xabarlar tarqatilmoqda.

Eng qizig'i bu kabi xabarlar kontaktingizdagi biror tanish insondan kelayotgan bo'lishi ham mumkin. Gap shundaki, mana shunaqa soxta xabarga ishonib, pastdagi manzilga kirsangiz, telegram profilingiz boshqaruvi firibgarlar qo'liga o'tib ketmoqda. Keyin esa maxsus botlar sizning nomingizdan hammaga mana shunaqa xabar yuborib chiqadi. Buni siz nazorat qila olmay qolasiz.

Iltimos, internetda duch kelgan tekin narsaga ishonavermang. Tekin pul, tekin nafaqa, tekin sovg'a, tekin aksiya, tekin obuna va h.k. Bularning deyarli barchasi yolg'on. Shubhali manzillarga qiziqish uchun ham kirib ko'rmang. Yaqinlarni ham ogohlantirib qo'ying.

Maksimal ravishda tarqating!

@TexnoIogiya_Uz - birinchi raqamli IT blog
78 views16:21
Ochish/sharhlash
2022-10-11 17:19:02
Facebook, Instagram, WhatsApp egasi bo'lmish AQSH'ning "Meta" kompaniyasi Rossiyada terrorchi va ekstremistlar qatoriga kiritildi.

Rossiyadagi vatandoshlarimiz chegara va aeroportlarga borishdan oldin telefonda WhatsApp, Instagram va Facebook platformalari bo'lsa, vaqtincha o'chirib borishlarini tavsiya qilamiz.

@TexnoIogiya_Uz - birinchi raqamli IT blog
54 views14:19
Ochish/sharhlash
2022-10-11 16:18:02
Dunyo miqyosida kompyuterga bo'lgan talab tushib ketmoqda

Oxirgi ikki chorakda kompyuter va noutbuklarning yetkazib berish hajmi sezilarli pastlagan.

@TexnoIogiya_Uz - birinchi raqamli IT blog
48 views13:18
Ochish/sharhlash
2022-10-10 18:20:25 ​​iPhone SE 4 haqida yangi ma'lumotlar tarqatildi

Taniqli DSCC tahlilchisi, Ross Young o'zining iPhone SE 4 haqidagi prognozlarini qayta ko'rib chiqdi. Uning MacRumors'ga xabar berishicha, to'rtinchi avlod iPhone SE smartfoni katta ehtimol bilan 6.1 dyuymli, iPhone X'nikidek tirqishga ega displey bilan jihozlanadi. Taqqoslash uchun hozirgi iPhone SE modeli 4.7 dyuymli displeyi bilan Home tugmasiga ega.

Yangi smartfonda Home tugmasining olib tashlanishi, barmoq izini aniqlaydigan skaner bilan ham "xayrlashish"ni anglatadi. Biroq mish-mishlarga ko'ra, Apple Touch ID'ni saqlab qolishi, uni iPad Air va iPad mini'da bo'lgani kabi yon tugmaga integrasiya qilishi ham mumkin. Smartfon tirqishi esa Face ID bilan jihozlanishi hozircha noma'lum, lekin Apple o'zining byudjet smartfonida narxni kamroq saqlash uchun bunday xususiyatni qo'shmasligi mumkin.

iPhone SE 4 o'lchami haqida ma'lumotlar hali oshkor bo'lmadi, lekin u Face ID sensorlariga ega bo'lmasligi hisobga olinsa, u iPhone X'dan ko'ra ingichkaroq bo'lishi aytilmoqda. Uzunquloq xabarlariga ko'ra, Apple o'zining navbatdagi byudjet smartfonini 2024 yilda chiqaradi.

@TexnoIogiya_Uz - birinchi raqamli IT blog
51 views15:20
Ochish/sharhlash
2022-10-09 18:20:30
Twitterga yangi funksiya qo'shildi

Twitter Android va iOS'da matn, fotosuratlar, videolar va GIF'larni bitta tvitda birlashtirish imkonini beruvchi yangi funksiyani taqdim etdi.

"Ushbu funksiya butun dunyo bo‘ylab Android va iOS telefonlari uchun amal qiladi va aralash media tvitlarini ko‘rish imkoniyati paydo bo‘ladi", — deyiladi kompaniya xabarida.

@TexnoIogiya_Uz - birinchi raqamli IT blog
46 views15:20
Ochish/sharhlash
2022-10-03 10:12:02 ​​Yangi Redmi Note smartfoni rekord darajadagi zaryadlanish tezligiga ega bo'ladi

Redmi Note 12 seriyasidagi uchta smartfonlar Xitoyda 3C sertifikatini qabul qilishdi. Unga ko'ra, 22101316C raqamli boshlang'ich model 67 Vt tezlikda, uning kattarog'i, 22101316UCP model raqamli Redmi Note 12 Pro esa 120 Vt tezlikda zaryadlanishi ma'lum bo'ldi. Shuningdek, qatorda yana bir Pro model, Redmi Note 12 Pro+ (22101316UC) modeli ham bo'lib, berilgan ma'lumotlarga ko'ra u 210 Vt tezlikda quvvatlana oladigan bo'ladi.

Ta'kidlash joizki, bugungi kunda iQOO 10 Pro smartfoni 200 Vt tezlikda, 0 dan 100 foizgacha 10 daqiqa ichida zaryadlanishi bilan eng tez quvvatlanadigan telefon bo'lib turibdi.

Xitoydagi Xiaomi Group prezidenti Lu Veybingning ta'kidlashicha, Redmi Note 11T smartfonlarida ko'proq tezlikka e'tibor qaratilgan bo'lsa, Redmi Note 12 seriyasidagi smartfonlar innovasiyalarga asoslangan bo'ladi.

Mish-mishlarga ko'ra, Redmi Note 12 seriyasidagi smartfonlar Mediatek Dimensity 1080 chipseti bilan jihozlanishi mumkin. Narxlarga keladigan bo'lsak, oddiy Redmi Note 12 modeli 100-150 dollar, Redmi Note 12 Pro modellari esa 200-250 dollar atrofidagi narxda chiqarilishi mumkin.

#redmi #zaryadlash

@TexnoIogiya_Uz - birinchi raqamli IT blog
50 views07:12
Ochish/sharhlash