Get Mystery Box with random crypto!

Beta sinovlari tamom, Samsung rasmiy One UI 5 tizimini tez ora | Texnologiya Yangiliklari

Beta sinovlari tamom, Samsung rasmiy One UI 5 tizimini tez orada jo'natishni boshlaydi

Samsung oktabr oyining oxirigacha One UI 5 tizimini Galaxy S22 modellari uchun taqdim etadi. Ushbu xabar Samsung kompaniyasining dasturchilar konferensiyasida ma'lum bo'ldi.

Shuningdek, yangilanish bilan smartfonlar Android 13 operasion tizimiga ham o'tadi. Unda yanada takomillashtirilgan Material You funksiyasi, dinamik mavzular va ekran qulfi, bundan tashqari, Samsung smartfonlarida birinchi marta ko'p foydalanuvchi qo'llab-quvvatlash funksiyasi bo'ladi.

Endi qo'l harakatlari bilan smartfonda turli xil vazifalarni bajarish mumkin bo'ladi. Misol uchun, barmoqni ekranning pastki qismidan tepaga ikki marta surganda ekran ikki qismga ajratiladi.

@TexnoIogiya_Uz - birinchi raqamli IT blog