Get Mystery Box with random crypto!

Yangihayot tumani hokimligi Matbuot xizmati/Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

Telegram kanalining logotibi yangihayot_hokimligi — Yangihayot tumani hokimligi Matbuot xizmati/Пресс-служба хокимията Янгихаётского района Y
Telegram kanalining logotibi yangihayot_hokimligi — Yangihayot tumani hokimligi Matbuot xizmati/Пресс-служба хокимията Янгихаётского района
Kanal manzili: @yangihayot_hokimligi
Toifalar: Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.17K
Kanalning ta’rifi

Yangihayot tuman hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali
Murojaatlar uchun: https://www.facebook.com/groups/913490212564477/

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-06-13 07:17:37
Tumanimizda elektr energiya ta'minoti bo'yicha aholi murojaatlarini o'rganish va hal etish bo'yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Yo'ldosh-12 mavzesida o'rnatilgan yangi transformator punktni ishga tushirish uchun kabel tortish ishlari olib borilmoqda.

Shu bilan birga, "Navqiron" mahallasida ham shikastlangan kabellar ta'mirlanmoqda.

***

В нашем районе ведется планомерная работа по изучению и решению обращений жителей по вопросам электроснабжения.

В частности, ведутся работы по протяжке кабеля для запуска новой трансформаторной подстанции, установленной в массиве Йулдош-12.

В то же время в махалле "Навкирон" ремонтируются поврежденные кабели.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
2.4K views04:17
Ochish/sharhlash
2023-06-10 17:18:00
Ma'lumki, tumanimizning ayrim hududlarida  elektr ta'minotidan uzilish holatlari kuzatilmoqda.

Bunday holatlarning oldini olish va elektr energiyasi taʼminotida yuzaga kelayotgan muammolarni tezkor hal etish maqsadida tuman hokimi va sektor rahbarlari tashabbusi bilan Yangihayot tumani elektr taʼminoti korxonasida tezkor shtab tuzildi.

Bugun tuman hokimi va 2-sektor rahbari mazkur shtab faoliyati bilan tanishishdi. Mas'ullar bilan elektr ta'minoti bo'yicha murojaatlarga e'tiborli bo'lishni, uzilish holatlari yuzaga kelgan vaziyatda tezkorlik bilan chora ko'rishni ta'kidlab o'tishdi.

***

Известно, что в некоторых махаллях нашего района встречаются случаи перебоев с подачей электроэнергии.

В целях предупреждения подобных ситуаций и оперативного решения проблем, возникающих при подаче электроэнергии, по инициативе хокима района и руководителей секторов в предприятии электроснабжения Янгихаетского района был сформирован оперативный штаб.

Сегодня хоким района и начальник 2-го сектора ознакомились с деятельностью этого штаба. Они подчеркнули, что нужно внимательно относиться к обращениям по электроснабжению, принимать оперативные меры в случае перебоев.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
2.5K views14:18
Ochish/sharhlash
2023-06-10 15:25:46
Bugundan "G'alla-2023" yig'im-terimi boshlandi

Yangihayot tumani hokimi g'alla ekilgan hududga borib, u yerda fermerlar bilan g'alla yig'ib olish jarayonlari, kutilayotgan hosil haqida muloqot qildilar. Nuroniylar xirmonga baraka tilab, duo qilishdi.

Ma'lumot uchun, tumanimizning qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan 420 ga yer maydoniga 11 ta fermer xo'jaliklari tomonidan g'alla ekilgan. 1 ga yerdan o'rtacha 3,4 tonnadan g'alla yig'ish ko'zda tutilgan.

Rejaga ko'ra, 25-iyunga qadar 1 428 tonna g'alla yig'ib olinadi.

***

Сегодня стартовала жатва «Галла-2023».

Хоким Янгихаятского района выехал на посевной участок и побеседовал с фермерами о процессах уборки зерна и ожидаемом урожае. Представители старшего поколения пожелали хорошего урожая.

Для справки, в нашем районе зерно посеяли 11 фермерских хозяйств на 420 га земли, предназначенной для сельского хозяйства. С 1 га земли планируется собрать в среднем 3,4 тонны зерна.

По плану к 25 июня будет собрано 1428 тонн зерна.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
1.8K viewsedited  12:25
Ochish/sharhlash
2023-06-10 12:06:47
Kuni kecha tuman hokimiyatida "20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis" dasturini ishga tushirish bo'yicha yig'ilish o'tkazildi.

Unda tadbirkorlikka qiziquvchi, o'z kichik tadbirkorligini yo'lga qo'yishni maqsad qilgan fuqarolar ishtirok etdi. Dastur 1-iyundan boshlab ishga tushgan bo'lib, yig'ilishda uning mazmun-mohiyati, afzalliklari, aholi bandligini ta'minlashdagi o'rni va yaratiladigan ish o'rinlari haqida ma'lumot berildi.

Shuningdek, dastur doirasida "Kasb egasi" dual ta'lim tizimining qay tartibda amalga oshirilishi tushuntirildi.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
2.0K views09:06
Ochish/sharhlash
2023-06-10 09:33:45
Yangihayot yo'llari yangilanmoqda

Tumanimizda yo'llarni yaxshilash ishlari davom etmoqda. Fuqarolardan tushgan murojaatlarga binoan, "Yangi Umid" mahallasida joylashgan Mehrigiyo ko'chasining piyodalar yo'lagiga asfalt qoplamasi yotqizilmoqda. Jami 2000 kv.m. yo'l asfalt qilinishi rejalashtirilgan bo'lib, ish jarayonlari yakunlanish arafasida.

Jarayonlar bilan roligimizda tanishasiz.

***

Обновляются дороги Янгихаётского района

В районе продолжается работа по улучшению состояния дорог. Согласно обращениям граждан, продолжается асфальтирование тротуара на улице Мехригиё в махалле "Янги Умид". Запланирована работа общей площадью 2 000 кв.метров и процесс работ близится к концу.

Подробнее в нашем ролике.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
2.4K viewsedited  06:33
Ochish/sharhlash
2023-06-10 07:02:11
#Mobilography_time
#Yangihayot_creative

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
2.0K views04:02
Ochish/sharhlash
2023-06-10 06:27:36
#ob_havo

Bugun 10-iyun, shanba.

Xayrli tong, yangihayotliklar! Dam olish kunlarini maroqli o'tkazishingizga tilakdoshmiz.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
2.0K views03:27
Ochish/sharhlash
2023-06-09 18:09:44
Hurmatli tumandoshlar!

Oxirgi vaqtlarda tumanimizdagi ba'zi mahallalarning elektr tarmoqlarida vaqti-vaqti bilan uzilishlar kuzatilmoqda. Yuzaga kelgan muammolarni o'z vaqtida bartaraf etish maqsadida maxsus brigadalar muammoni tezkorlik bilan hal etmoqda va kecha-yu kunduz ishlamoqda.

Agar sizning xonadoningizda elektr energiya ta'minoti bo'yicha muammolar yuzaga kelsa, quyidagi telefon raqamlariga qo'ng'iroq qilib, murojaatingizni yo'llashingiz mumkin:

+998 71-257-07-78;
+998 71-257-06-65.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
4.6K viewsedited  15:09
Ochish/sharhlash
2023-06-09 14:44:58
Bugun tuman hokimi va 2-sektor rahbari “Yo’ldosh” mahallasida bo’lib, kommunal sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishdi.

Xususan, mahallaning Bog’ichinor ko’chasiga 630 kVTga ega yangi transformator o’rnatildi. Rahbarlar ushbu jarayonni ko’zdan kechirib, mas’ullarga tegishli ko’rsatmalar berishdi.

***

Сегодня хоким района и начальник 2-го сектора посетили махаллю «Йулдош» и ознакомились с работами, проводимыми в коммунальном секторе.

В частности, на улице Богичинор махалли установлен новый трансформатор мощностью 630 кВт. Руководители ознакомились с этим процессом и дали соответствующие поручения ответственным лицам.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
2.6K views11:44
Ochish/sharhlash
2023-06-06 18:50:21
#Yengilma

Uch o'g'il bilan yosh beva qolib, ularni qiyinchilik bilan katta qilayotgan bo'lsa-da, onalik mehri ustun kelib go'dak qizaloqni ham o'z himoyasiga olgan ayolga qanday ta'rif beriladi? Muqaddas ayolmi yoki qahramon? Balki bu matonat va mehr qarshisida bu ta'riflar kamlik qilar.

"Yengilma" ruknimizning navbatdagi sonini ko'rib, ojiza ayol naqadar matonatli va qalbi daryo bo'lishiga guvoh bo'lasiz.

Qahramonimiz Shaxriniso Darxanbayeva o'z hayot yo'li, to'siqlarni yengani va yengilmaslik siri haqida hikoya qiladi.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
1.1K views15:50
Ochish/sharhlash