Get Mystery Box with random crypto!

Yagonam_san

Telegram kanalining logotibi yagona9434 — Yagonam_san Y
Telegram kanalining logotibi yagona9434 — Yagonam_san
Kanal manzili: @yagona9434
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 4
Kanalning ta’rifi

Yagonam

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2020-07-03 19:56:16
#anglab yetganim

Siz bu dunyoda yoʻq boʻlsangiz ham quyosh chiqaveradi.
Siz endi nafas olmasangiz ham musaffo tonglar otaveradi. Tun ketidan kun kelaveradi...
Siz koʻra olmasangiz ham yulduzlar osmonga chiqaveradi, Oy tunni yoritaveradi...
Siz oʻlib ketsangiz dunyoda zilzila ham boʻlib qoʻymaydi, olamning bir dona zarrasi ham achinmaydi...
Siz bor yoki yoʻq boʻlishingizning dunyoga bir tiyinlik foydasi yoʻq!
Bu olamda siz uchun kuyadiganlar sizni yaratgan va siz yaratgan oila... Siz yoʻq boʻlsangiz ularning tonggi oqarmaydi, quyosh ularga boqmaydi, tun va kunning farqi qolmaydi... Ulardan biri yoʻq boʻlsa, "Osmon toʻla havolar, faqat sizga yetmay" qoladi...
Siz ular uchun oʻzingizni ehtiyot qiling! Oʻzingiz uchun ularni ehtiyot qiling!

@yagona9434

#demirjanovna
121 viewsDemirjanovna, 16:56
Ochish/sharhlash
2020-07-03 19:52:54 Qizlar yigitila ichmasa, chekmasa, qizla bilan gaplashmasa, har yarim soatda tel qilib tursa, SMSilaga hali dostavleno kemasidan otvet yozsa, silarga xiyonat qilmasa, ko‘chada daydib yurmasa, faqat silani sevsa, ertalabdan kechgacha yonilada yursa, ko‘zi boshqa qizlarni ko‘rmasa turtib ko‘rilachi o‘lib qomaganmikan.
103 viewsDemirjanovna, 16:52
Ochish/sharhlash
2020-07-03 19:51:26 - Yarangizni yangilaganim uchun kechirasiz.
- Yaram eskirgani yo'q(.


#demirjanovna
106 viewsDemirjanovna, 16:51
Ochish/sharhlash
2020-07-03 19:50:53 Qaysidir qiz siz uchun yiglayaptimi? Uning koz yoshlariga siz sababchimisiz? Bilingki, u qiz sizdan ancha uzoqlashibdi. Xolbuki siz uchun koz yosh tokibdimi, demak u uchun qadrisiz ammo endi sizdan uzoqlashishda davom etadi. Balki kechirar sizni, balki yana avvalgidek bolib ketarsizlar, ammo, unutmang, qiz bola, ayol kishi kimdir qalbini ogritdimi, yigisiga sabab boldimi buni hech qachon unutmaydi. Yuragini bir chetiga komib qoyadi va sizdan bir qadamdan uzoqlashaveradi. Buni sezdirmasligi mumkin, ozi ham sezmasligi mumkin. Ammo ayol qalbi shunday, kechirganday korsatadi, ammo, unutib yubormaydi. Endi ozini ozi himoyalash tizimiga otadi. Oziga ozor beradiganlardan qalban uzoqlashadi, chunki qalbiga faqat qalbiga yaqinlar ozor berishi mumkin. O`zgalardan hech narsa kutmaydi.

#demirjanovna
101 viewsDemirjanovna, 16:50
Ochish/sharhlash
2020-07-03 19:50:13 Nahotki unutmoq
shunchalar oson
Nahotki iloji bor
eslamaslikni
Ey mani qαlbidan
xaydagan inson
Mangα ham oʻrgαtgin
Sog'inmaslikni

#demirjanovna
107 viewsDemirjanovna, 16:50
Ochish/sharhlash
2020-07-03 19:49:35
Vaqt lahza sayin ilgarilab bormoqda. Soat millariga termulamiz, uning ortidan umidvor nigohlar, umrning bebaho onlarini yo'qotib borayotgan mahzun nigohlar kuzatadi... Ehtimol, bu lahzalar diydor uchun edi...

Bugun kimgadir mushtoqmiz, sog'indik, sog'inyapmiz, garchi qalbimiz ozor topgan, ko'ksimizning qayeridir simillab og'riyotgan bo'lsa-da, jimgina ovutamiz:
"Qayerdadir xatoyim bor" - deya o'zimizni yupatamiz, ishonamiz, ishontiramiz chorasiz yurakni. Balki, chindir, balki rost, hozir nafas olayapmiz, shukr...

Va shuni anglaymiz:
Tiriklik, keraklik - baxt! Shu baxtni asraylik, aziz dildoshim!
Topganimiz tolening neki tuhfasi bo'lsa, kutayotganlarimiz bugunimizning, ezgu niyatlarimizning nishonasi.

Yaxshi niyatlar yo'ldoshingiz bo'lsin!

@yagona9434

#demirjanovna
104 viewsDemirjanovna, 16:49
Ochish/sharhlash
2020-07-03 19:46:58 Bilasizmi nega ko‘p vaqtimizni internetga sarflaymiz?
Chunki bazida shu internetda bizni ko‘nglimizdagi gaplarni yozishadi. Ko‘nglimizni ko‘taradi. Bepayon tashvishdan ozgina chalg‘itadi. Internetga kirish ayb emas, chunki internet ishratxona emas. U bir supermarket kabidir. Kim nimani olish maqsadida kirsa shuni oladi.
G‘urbat izlagan g‘urbat, hikmat izlagan hikmat topadi. Nimani izlash esa bu sizning Axloqingiz, Ma'daniyatingiz va Ma'rifatingizga Bog‘liq.
93 viewsDemirjanovna, 16:46
Ochish/sharhlash
2020-07-03 19:45:18 Begona.

Bugun BAXT yuzimga urdi tarsaki!
Siylamadi quvonch, ezmadi qayg'u..
Osmon qulamadi, biroq, shunchaki...
Ko'zimga tik boqib... "kimsiz ?!" dedi u...

Kimman?! Kimligimni bilsam qaniydi
Behuda savollar bermaydi to'zim.
Meni, sendan o'zga hamma taniydi...
Yonginangda turgan begona O'zim!

Men o'sha-begona! Seni sog'inib
Yollaringga intiq, o'zin unutgan
Seni hafa qilsam, ozim og'rinib
Bir bora jilmayib boqishing kutgan...

Begonaman o'sha! Ko'nglim zorlansa,
Yoqtirgan qo'shig'ing tinglab ovungan,
Ishq deb kimdir kuysa, kimdir xo'rlansa,
Dardkash bo'lib yana... seni sog'ingan...

O'sha begonaman! Begonaman men!!!
Ko'zingdan o'zga bir ko'zga boqmagan...
Rost!
Chindan majnunman.. Devonaman men!
O'zingni sevgan-u, o'zga yoqmagan..

O'sha men-begona! Haqqim yo'q aslo..!
Ko'nglingni ko'nglimga yaqin olishga...
Lek borim berardim, so'rasang hatto-
Sen uchun, eng yaqin inson bo'lishga !!!

Quvonch siylamadi, ezmadi qayg'u..
Kimningdir ishqida bitta donaman!
Tik boqib ko'zimga... "kimsiz ?!" dedi U...
Keling, tanishamiz...
Men-"begona"man
...

@yagona9434
92 viewsDemirjanovna, 16:45
Ochish/sharhlash
2020-07-03 19:41:17
@yagona9434
94 viewsDemirjanovna, 16:41
Ochish/sharhlash
2020-07-03 19:39:54 5,2 MB
87 viewsDemirjanovna, 16:39
Ochish/sharhlash