Get Mystery Box with random crypto!

Vaqt lahza sayin ilgarilab bormoqda. Soat millariga termulamiz | Yagonam_san

Vaqt lahza sayin ilgarilab bormoqda. Soat millariga termulamiz, uning ortidan umidvor nigohlar, umrning bebaho onlarini yo'qotib borayotgan mahzun nigohlar kuzatadi... Ehtimol, bu lahzalar diydor uchun edi...

Bugun kimgadir mushtoqmiz, sog'indik, sog'inyapmiz, garchi qalbimiz ozor topgan, ko'ksimizning qayeridir simillab og'riyotgan bo'lsa-da, jimgina ovutamiz:
"Qayerdadir xatoyim bor" - deya o'zimizni yupatamiz, ishonamiz, ishontiramiz chorasiz yurakni. Balki, chindir, balki rost, hozir nafas olayapmiz, shukr...

Va shuni anglaymiz:
Tiriklik, keraklik - baxt! Shu baxtni asraylik, aziz dildoshim!
Topganimiz tolening neki tuhfasi bo'lsa, kutayotganlarimiz bugunimizning, ezgu niyatlarimizning nishonasi.

Yaxshi niyatlar yo'ldoshingiz bo'lsin!

@yagona9434

#demirjanovna