Get Mystery Box with random crypto!

Buxoroda yangi aeroport qurish uchun 226 mln dollar sarflanadi | Xushnudbek.uz

Buxoroda yangi aeroport qurish uchun 226 mln dollar sarflanadi

Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan videoselektor yigʻilishida viloyat turizm salohiyatini rivojlantirish masalasiga eʼtibor qaratdi.

Davlat rahbari Buxoroga xorijdan 5 million turist kelishiga hozirlik koʻrilayotganiga qaramay, viloyatdagi 30 ta tarixiy yodgorlikka eʼtibor sustligi uchun ularga sayyohlar bormayotganini tanqid qildi.

Shu munosabat bilan Imom al-Buxoriy, Abbos Aliyev va Muxtor Ashrafiy obidalariga tutash hududlar, dehqon bozori va ming yillik tarixga ega Buxoro darvozasi, Ismoil Somoniy maqbarasi, istirohat bogʻi va sunʼiy koʻlni jozibador turizm majmuasiga aylantirish muhimligi taʼkidlandi.

Shuningdek, Buxoro aeroporti sayyohlar oqimini ikki baravarga oshirish rejasi uchun kichiklik qilayotgani bois, kecha Buxoro tumanida hozirgidan 3 baravar koʻp quvvatga ega 226 million dollarlik yangi xalqaro aeroport qurilishiga start berilgani aytildi.


@xushnudbek