Get Mystery Box with random crypto!

Toshkentda yashil hududga ega Ellipse Garden Darhan turar-joy | Xushnudbek.uz

Toshkentda yashil hududga ega Ellipse Garden Darhan turar-joy majmuasining taqdimoti oʻtkazildi

Ushbu turar-joy majmuasi sizga premium toifadagi xonadonlarni taklif etadi. TJM biznes-markaz va mashinalardan holi hovliga ega boʻlib, ko‘kalamzor makondagi to‘rtta ko‘p qavatli turar-joy blokini o‘z ichiga oladi.

Loyihaning yana bir ustunligi shundaki, majmua rezidentlari tabiat qurshovidagi ekologik qulay manzilda yashashlari uchun loyihaning jami 30 000 kv.m. maydonidan 20 000 kv.m qismi yashil hudud va landshaft dizayni uchun ajratilgan.

Hozirda 4 ta 21 qavatli turar-joy bloklaridagi alohida apartamentlar sotuvga qo‘yilgan. Bir xonalidan besh xonaligacha bo‘lgan, 34 kv.m.dan to 180 kv.m.gacha maydonga ega xonadonlar turli oilalar ehtiyojiga muvofiq keladi. Beshinchi blokda esa biznes-markaz joylashadi. Shuningdek, TJMda 900 ta mashinaga mo‘ljallangan avtoturargoh quriladi.

Batafsil maʼlumot uchun: (+998) 88-800-77-77.

Manzil: Mirzo Ulug‘bek tumani, Asaka ko‘chasi, 52

Sayt: ellipsegarden.uz
Instagram: @ellipsegarden
Reklama