Get Mystery Box with random crypto!

Bugun, 26-aprel kuni, Toshkent shahrida Mustaqil davlatlar ham | Xushnudbek.uz

Bugun, 26-aprel kuni, Toshkent shahrida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlar bojxona xizmatlari rahbarlari Kengashining 78-majlisi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda ko‘plab masalalar qatorida bojxona tizimlarida qog‘oz hujjatlar almashinuvidan voz kechib, jarayonni elektronlashtirish va mavjud to‘siqlarni zudlik bilan bartaraf etish masalasi ham muhokama qilindi.

Masalan, tomonlar bir-biriga bojxona imtiyozlarini taqdim qilishga asos bo‘luvchi tovar kelib chiqishiga doir sertifikatlarning hamon qog‘oz shaklida taqdim qilinayotgani, MDHga a’zo davlatlar o‘rtasida ushbu hujjatni raqamli shaklda almashishni yo‘lga qo‘yish lozimligi ta’kidlandi.


@xushnudbek