Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston U23 terma jamoasi Vyetnam ustidan 3:0 hisobida g‘ | Xushnudbek.uz

O‘zbekiston U23 terma jamoasi Vyetnam ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, guruhda birinchi o‘rinni egalladi. 100 foizlik natija, to‘plar nisbati 10-0!

26-aprel kuni soat 19:00 da U23 Osiyo kubogining chorak finalida O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan bahs olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu turnirda dastlabki 3 ta o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar Parij-2024 Olimpiadasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. 4-o‘rinni olgan jamoa esa, Gvineya terma jamoasi bilan o‘tish o‘yinida qatnashadi. Demak, chorak finaldagi g‘alaba kamida Olimpiadaga o‘tish o‘yinida ishtirok etish huquqini beradi.

Yigitlarimiz to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritishiga ishonamiz. Tarixning yangi sahifasini ochish payti keldi.


@xushnudbek