Get Mystery Box with random crypto!

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 99-maktabda tok urishi oqibatida vaf | Xushnudbek.uz

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 99-maktabda tok urishi oqibatida vafot etgan o‘quvchi ishi bo‘yicha maktab direktori va uning o‘rinbosariga hukm o‘qildi

Hukmga ko‘ra, maktabning xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilinib, 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Maktab direktoriga esa 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. U ham 2 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlay olmaydi.

Ma’lumot uchun, holat 27-noyabr kunida sodir bo‘lgan.


@xushnudbek