Get Mystery Box with random crypto!

Andijonda 42 mlrd so‘mlik loyihani olib bermoqchi bo‘lgan shax | Xushnudbek.uz

Andijonda 42 mlrd so‘mlik loyihani olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Andijon tumanida yashovchi A.B. va Andijon shahrida yashovchi X.U. yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali yo‘l qurilishi sohasida faoliyat yurituvchi MCHJga Asaka tumanidagi “4R-112” avtomobil yo‘lining 4 km. qismiga asfaltobeton qoplamasini yotqizish bo‘yicha loyihani olib berishni va’da qiladi. Buning evaziga loyiha uchun ajratiladigan 42 mlrd so‘mning 10 foizini (4,2 mlrd so‘m) berishini talab qilishadi.

A.B. so‘ralgan puldan 20 ming dollarini olgan vaqtida DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


@xushnudbek