Get Mystery Box with random crypto!

6-BYD Tashkent xalqaro marafonida ishtirok etish uchun ro‘yxat | Xushnudbek.uz

6-BYD Tashkent xalqaro marafonida ishtirok etish uchun ro‘yxatga olish 5-aprel kuni tugaydi!

Marafon 21-aprel kuni bo‘lib o‘tadi va 6000 ga yaqin ishtirokchi qatnashadi. Har bir yugurish ishqibozi o‘zining 3, 10, 21 va 42 km’dagi qulay masofasini tanlashi mumkin.

Marafon o‘tkaziladigan joy: Humo Arena

20 aprel, marafondan bir kun avval “Paxtakor” stadionida Kids run va Shimoliy yurish bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tadi.

Ushbu vaqtni oilangiz va yaqinlaringiz bilan o‘tkazing!

Ishtirok etish narxi 150 ming so‘mdan 300 ming so‘mgacha.

Ishtirokchilar uchun boshlang‘ich paket’ga quyidagilar kiradi: chipli ko‘krak raqami, ilgaklar, ryukzak, kepka, futbolka, marafon kuni jamoat transporti uchun chiptalar.

Ro‘yxatdan o‘tish: perfend.com platformasida

Marafonda ko‘rishguncha!

Instagram | Facebook | Reklama