Get Mystery Box with random crypto!

Shavkat Mirziyoyev 27-mart kuni AQShning senator Stiven Deyns | Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyev 27-mart kuni AQShning senator Stiven Deyns hamda Vakillar palatasi qo‘mitasi raisi, kongressmen Mayk Rojers boshchiligidagi delegatsiyalarini qabul qildi.

Uchrashuvlarda ta’lim, qishloq xo‘jaligi, raqamli texnologiyalar, tog‘-kon sanoati, “yashil” energetika, farmatsevtika, oziq-ovqat tarmog‘i va boshqa sohalar kooperatsiya uchun istiqbolli yo‘nalishlar sifatida qayd etildi.

AQSh hududlari biznesining O‘zbekistonga safarlarini tashkil etishga kelishib olindi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar, shu jumladan Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.


@xushnudbek