Get Mystery Box with random crypto!

Turkiyaga kirish uchun cheklovlar kuchaytirilmoqda Bu haqda O | Xushnudbek.uz

Turkiyaga kirish uchun cheklovlar kuchaytirilmoqda

Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi xabar berdi.

Terrorizm, odam savdosi va boshqa jinoyatlarda gumonlanganlar hamda taqiqlangan tovarlarni olib o‘tishga uringan shaxslar “Turkiyaga kirishi istalmagan yo‘lovchi” sifatida baholanib, mamlakatiga qaytarib yuborilmoqda.

Istanbul xalqaro aeroportida tekshiruvlar asosan 20-35 yoshdagi xorijliklarga nisbatan kuchaytirilgan.

Jumladan, 2024-yilning yanvar-fevral oylarida 163 nafar o'zbekistonlik ushbu davlatga kiritilmagan. Shulardan 54 nafari avval Turkiyaga kelib, qonunbuzarlik sodir etgan.

Konsulxona fuqarolarimizga mahalliy qonunlarni hurmat qilib ularga to‘liq rioya etishlarini, oldin qonunbuzarlik sodir etib deport qilinganlarga esa Turkiyaga kirish taqiqi bor yoki yo‘qligini Toshkent va Samarqand shaharlaridagi Turkiya diplomatik vakolatxonalaridan o‘rgangan holda borishlarini tavsiya qilgan.


@xushnudbek