Get Mystery Box with random crypto!

Ovoz berish boshlanmoqda 'Tashabbusli byudjet'ning 2024-yilgi | Xushnudbek.uz

Ovoz berish boshlanmoqda

"Tashabbusli byudjet"
ning 2024-yilgi 1-mavsumida ovoz berish jarayoni, bugun tunda, aniqrog‘i 16-mart kuni soat 00:00 dan boshlanadi va 4-aprel kuni soat 23:59 gacha davom etadi.

Bu ikkinchi urinish. O’tgan safar 13-mart kuni ovoz berish boshlangan edi, lekin texnik muammolar tufayli yarim kundan keyin ovoz berish vaqtincha to’xtatilgandi. Umid qilamizki, bu safar saytda muammo bo’lmaydi.

Eslatma: 13-mart kuni berilgan ovozlar saqlanib qoladi.


@xushnudbek