Get Mystery Box with random crypto!

'Tashabbusli byudjet'da bugun berilgan ovozlar kuyib ketmaydim | Xushnudbek.uz

"Tashabbusli byudjet"da bugun berilgan ovozlar kuyib ketmaydimi?

Bugun, tungi soat 00:00 dan boshlab "Tashabbusli byudjet"ning 2024-yilgi 1-mavsumi uchun ovoz berish boshlandi. Ammo kun davomida openbudget.uz saytida texnik nosozlik kuzatilgani (bu saytga tashrif buyuruvchilar sonining keskin oshishi va DDoS hujumlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin) sababli ovoz berish jarayoni vaqtincha to‘xtatilib, 16-mart kuni soat 00:00 dan boshlanishi e’lon qilindi.

Shundan so‘ng, "endi bizning ovozimiz nima bo‘ladi, kuyib ketadimi?" degan savollar kelib tushmoqda. Chunki bir necha soatlik vaqt davomida loyihalar ko‘plab ovozlar to‘plab qo‘yishgan edi.

Ushbu masalada mas’ullar bilan bog‘landim, vazirlik mutasaddilarining aytishicha, bugun ovoz berish to‘xtatilgunga qadar berilgan barcha ovozlar o‘z kuchida qoladi, boshqacha aytganda ovozlar kuyib ketmaydi. Xotirjam bo‘lishingiz mumkin.


@xushnudbek