Get Mystery Box with random crypto!

Bir necha soatdan keyin “Tashabbusli byudjet”da ovoz berish bo | Xushnudbek.uz

Bir necha soatdan keyin “Tashabbusli byudjet”da ovoz berish boshlanadi. Avvalroq kanalimiz orqali shu mavzuga bag’ishlangan ovozli chat o’tkazgan edik.

Ovoz berishda quyidagilarni hisobga olishingiz kerak:

endilikda “Bir kishi — bir ovoz” prinsipi amal qiladi. Ya’ni nomingizda nechta sim-karta bo’lishidan qat’i nazar faqat bir marta ovoz bera olasiz;

agar oilada hammaning telefon raqami bir kishining nomida bo’lsa, unda shu oila faqat bitta ovoz bera oladi degani. Boshqalar ham ovoz berishi uchun yoki nomiga yangi telefon raqam olishi, yoki o’zi ishlatayotgan raqamni o’zining nomiga qayta rasmiylashtirishi kerak;

endilikda yuridik shaxs nomida bo‘lgan sim-kartalar orqali ovoz berib bo‘lmaydi. Sim-karta albatta jismoniy shaxs nomiga olingan bo‘lishi kerak;

“1500 ta ovoz olsa, aniq g‘olib bo‘ladi” degan qoida yo‘q. G‘oliblar tuman (shahar)ga ajratilgan mablag‘ doirasida eng ko‘p ovoz olgan loyihalar bo‘ladi.


@xushnudbek