Get Mystery Box with random crypto!

Oxirgi 3 oyda taksi xizmatlari byudjetga 9,7 mlrd soʻm soliq t | Xushnudbek.uz

Oxirgi 3 oyda taksi xizmatlari byudjetga 9,7 mlrd soʻm soliq toʻladi

Soliq qoʻmitasining xabar berishicha, taksi xizmatlari sohasini legallashtirish, rasmiy ish bilan band boʻlmagan shaxslar faoliyatlarini qonuniylashtirgan holda ushbu bozordagi aylanmalar hisobini yuritish boʻyicha boshlangan ishlar yil soʻnggiga borib oʻzining ilk samarasini bergan.

Birinchidan, bozorning eng katta ishtirokchilari soliq tizimlari bilan integratsiya qilinib, taksi xizmatlari uchun fiskal chek berilyapti;

Ikkinchidan, yoʻlovchi tashish xizmati bilan shugʻullanuvchi oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolarning rasmiy daromad manbai shakllanib, iqtisodiy harakatlarda daromad toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hisobga olina boshlandi.

2023-yil dekabr oyida onlayn-taksi agregatorlari orqali 4,4 million tashuvlar amalga oshirilgan bo‘lsa, fevral oyida bu raqam 8,9 millioni tashkil etgan;

Uchinchidan, naqd va naqdsiz hisob-kitoblarda toʻlovlarni fiskallashtirish boʻyicha hamkorlikda olib borilgan ishlar natijasida dekabr-fevral oylarida budjetga 9,7 mlrd soʻm soliqlar toʻlandi.


@xushnudbek