Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekistonda 1 mlndan oshiq talaba bakalavriat yo‘nalishida t | Xushnudbek.uz

O‘zbekistonda 1 mlndan oshiq talaba bakalavriat yo‘nalishida tahsil olmoqda

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022/2023-o‘quv yili boshiga ko‘ra, O‘zbekistonda oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar soni 1 009 271 nafarga yetgan.

Sohalar kesimidagi talabalar soni quyidagicha:

● Ta’lim – 317 872 nafar

● Muhandislik, ishlov berish va qurilish – 167 970 nafar

● Biznes, boshqaruv va huquq – 113 723 nafar

● San’at va gumanitar fanlar – 93 513 nafar

● Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot – 74 868 nafar

● Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot – 60 023 nafar

● Xizmatlar – 46 852 nafar

● Qishloq, o‘rmon, baliqchilik xo‘jaligi va veterinariya – 46 556 nafar

● Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari – 46 066 nafar

● Tabiiy fanlar, matematika va statistika – 41 828 nafar


@xushnudbek