Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekistonda yangi “loukoster” aviakompaniya ish boshladi 18 | Xushnudbek.uz

O‘zbekistonda yangi “loukoster” aviakompaniya ish boshladi

18-yanvar kuni Toshkent xalqaro aeroportida “loukoster” formatida faoliyat yuritadigan yangi «Centrum Air» aviakompaniyasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Kompaniya parvozlari O‘zbekiston ichida ham, xorijga ham amalga oshiriladi.

Ayni paytda aviakompaniya ixtiyorida har biri 180 kishiga mo‘ljallangan 5 ta Boeing-737 va A320 samolyotlari bor. 2023-yilda kompaniya o‘z parkini 20 ta samolyotga, keyingi 3 yilda esa 100 tagacha kengaytirishni rejalashtirmoqda.

Biz avval ham ko‘p bora taʼkidlaganmiz, avia monopoliya jamiyat rivojlanishiga bevosita to‘sqinlik qiladi. Chunki odamlarimiz qancha ko‘p xorijga safar qilsa, qancha ko‘p dunyo ko‘rsa, shuncha dunyoqarashi va fikrlashi kengayib boraveradi, yangi madaniyatlar o‘rganadi, maroqli hordiq ish unumdorligiga ham taʼsir qiladi. Hali men xorijdan bizga keladigan turistlar oqimi va ularning davlatga iqtisodiy foydasi haqida-ku gapirmayapman.

Shuningdek, O‘zbekiston ichida ham bir hududdan boshqasiga samolyotda borish oddiy ishchi uchun orzu yoki hashamat bo‘lmasligi kerak. Sohada sog‘lom raqobat, isteʼmolchida esa tanlov bo‘lsa, vaqti kelib 5-10 soat mashinada yurgandan ko‘ra, samolyotda borish qulayroq bo‘lib qoladi.

Shu sababli ham avia bozorimizga kirib kelayotgan har qanday yangi ishtirokchilarni xursand bo‘lib kutib olaman.


@xushnudbek