Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent viloyatidagi quyidagi ko‘chalarda yuqori harakat tezl | Xushnudbek.uz

Toshkent viloyatidagi quyidagi ko‘chalarda yuqori harakat tezligi 60 km/soat etib belgilandi:

Olmaliq shahridagi Mustaqillik ko‘chasi, Totuvli ko‘chasi, Metallurg ko‘chasi (Xitoy devori), Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, Ehtirom ko‘chasi, A.Temur ko‘chasi, Ipak yo‘li ko‘chasi;
Angren shahridagi Mustaqillik va Obod turmush ko‘chalari;
Yangiyo‘l shahridagi M-34 “Toshkent-Dushanbe” 25-30 km Samarqand ko‘chasi;
Bekobod shahridagi Gʻ.Gʻulom ko‘chasi, Me’mor ko‘chasi, Turon ko‘chasi, 4R20 “Qorasuv q. Bo‘ka sh. - Bekobod sh. 101 km;
Chirchiq shahridagi Gʻalabaning 50 yilligi ko‘chasi, A.Temur ko‘chasi, Zakovat ko‘chasi, Gʻ.Xo‘jayev ko‘chasi, A.Qodiriy ko‘chasi, Tiklanish ko‘chasi;
Bo‘ka tumanidagi 4R20 “Qorasuv q.-Bo‘ka sh.-Bekobod sh.” 33-37 km oralig‘i;
Nurafshon shahridagi 4R22 “To‘ytepa sh.-Oqqo‘rg‘on sh.-Yangiyo‘l sh.” 0-5 km, 4R2 “Toshkent-To‘ytepa sh.” 28-35 km, 4R14 “Gʻazalkent sh.-Chirchiq sh.-Yangibozor q.-Jumabozor q.-O‘rtasaroy q.-To‘ytepa sh.” 70-72 km, 4R19 “To‘ytepa sh. (4R2 avtoyo‘li 35 km) Piskent sh. A373 avtomobil yo‘lining 0-5 km. oralig‘i;
Bekobod tumanidagi 4R20 “Qorasuv q.-Bo‘ka sh.-Bekobod sh.” 84-85 km, 4K 786 “Bekobod sh. O‘zbekiston f.x. Mallaboy q. Zafar sh.” 21-25 km. oralig‘i;
Ohangaron tumanidagi Nurobod qo‘rg‘oni ko‘chasi;
Bo‘stonliq tumanidagi 4N742 avtomobil yo‘lining Abdukarimov ko‘chasi;
Piskent tumanidagi 4R19 “To‘ytepa sh.(4R2 avtomobil yo‘li 35 km) Piskent sh. A373 avtomobil yo‘li;
O‘rtachirchiq tumanidagi 4R2 “Toshkent sh. To‘ytepa sh.-A373 avtomobil yo‘li 26-28 km.;
Yuqorichirchiq tumanidagi 4R15 “A373 avtomobil yo‘li (42 km) Qiziltog‘ sh.-Parkent sh.-Yangibozor q.” avtomobil yo‘lining 68-69 km., 4R14 “Gʻazalkent sh.-Chirchiq sh.-Yangibozor q.-Jumabozor q.-O‘rtasaroy qishlog‘i-To‘ytepa shahri” avtomobil yo‘lining 22-60 km., 4R16 “Bektemir-Chirchiq” avtoyo‘li-Bordonko‘l q.-Jumabozor q.-Qiziltog‘ sh.” avtomobil yo‘lining 0-23 km, 4K719 “Yangibozor q.-Qirg‘izovul q.-Achchiqsoy q.-Parkent sh.” avtomobil yo‘lining 0-6 km., 4K723 “Yangibozor shaharchasi-Arganchi q. -Mamut q.” avtomobil yo‘lining 0-22 km.;
Chinoz tumanidagi M-34 “Toshkent-Dushanbe” avtomobil yo‘lining 63-64 km;
Parkent tumanidagi 4R15 “A373 avtomobil yo‘li (42 km) Qiziltog‘ sh.-Parkent sh.-Yangibozor q.” avtomobil yo‘lining 52-57 km;
Toshkent tumanidagi 4R4 “Toshkent sh.-Keles sh.-Qozoqkentsoy q.-M39 avtomobil yo‘li (820 km)” 3-4 km., 4R3 “Toshkent sh. - Mineral suvlar sihatgohi-Abay q (O‘zbekiston Respublikasi xududi)” avtomobil yo‘lining 8-15 kilometrlari.


@xushnudbek