Get Mystery Box with random crypto!

Barcha abituriyentlar diqqatiga! Toshkent davlat iqtisodiyo | Xushnudbek.uz

Barcha abituriyentlar diqqatiga!

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Avstriyaning Krems AFU hamkorligidagi qo'shma ta'lim dasturiga 2022 - o'quv yili uchun qishki qabul boshlandi!

Qanday afzalliklari bor?
darslar ingliz tilida, zamonaviy texnologiyalar asosida olib boriladi;
xorijiy professor-o'qituvchilardan ta'lim olasiz;
4 yilda 2 ta diplom olish imkoniyati!

Ushbu o'quv dasturi maktab, kollej va akademik litsey bitiruvchilari uchun

Ta'lim yo'nalishlari:
Eksportga yo'naltirilgan menejment;
Turizm va dam olish menejmenti.

Qulayliklari:
O'qish fevral oyidan boshlanadi va sentyabrdan 2-kursda davom ettirish imkoniyati mavjud.

Kirish uchun IELTS (4.5 ball) yoki ingliz tilidan test topshiriladi.

Biz sizlarni o'z talabalarimiz safida ko'rishdan mamnunmiz!

Qabul uchun ushbu havola orqali hujjatlaringizni topshirishingiz mumkin:

Ro'yxatdan o'tish 2022-yil 28-yanvargacha davom etadi.

+998909691011
+998903939099
Telegram kanal
Reklama