Get Mystery Box with random crypto!

​TEAM Universitetida qishki qabulda birinchi bo’lib qabul qili | Xushnudbek.uz

​TEAM Universitetida qishki qabulda birinchi bo’lib qabul qilingan 12 nafar abituriyentlar 4 yillik o'qish uchun 100% grantlarga ega bo'lishadi!

Davlat tomonidan grantlar faqat qishki qabulga 1-kursga kirgan abituriyentlar uchun mavjud!

Qishki qabul nima?

Joriy yilda universitetlarga kira olmagan abituriyentlar TEAM Universitetida qishki qabulga ro'yxatdan o'tish va 2022-yil 1-fevraldan bakalavr dasturi bo'yicha o'qishni boshlash imkoniyatiga ega.

Talabalar birinchi kursni 2022-yilning sentyabr oyida tugatib, ikkinchi kursga o'tishadi.

100% grantni olish shartlari qanday?

TEAM Universitetida 4 yillik o'qishga mo'ljallangan 100% grantlarni olish uchun quyidagi shartlarni bajarish kerak:

Ushbu havola bilan qishki qabulga hujjatlarni topshiring;
TEAM Universitetidan shartsiz qabul haqida (Unconditional Offer) xatini oling;
4 yillik ta'limdan so'ng davlat tashkilotlarida (Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi yoki Yoshlar ishlari agentligi) talabalarni ishga joylashtirish to'g'risidagi talaba-davlat-universitet o'rtasida shartnomani imzolang;

O‘qishga kirish uchun qanday talablar bor?

Abituriyentlarda IELTS Overall 5.5 (5.0) yoki ekvivalentlar, shuningdek o'rta ma'lumot to'g'risida sertifikat bo'lishi kerak. Siz ushbu havoladan foydalanib TEAM Universitetining minimal qabul talablari haqida batafsil ma'lumotni olishingiz mumkin.

Joylar cheklangan! Hujjatlarni topshiring!

Batafsil ma’lumot uchun:
71-200-20-60

Direct: @teamuni_uz
Instagram: @teamuni_uz
Telegram kanalimiz: TEAM University
Reklama