Get Mystery Box with random crypto!

Xurshid Zaripov | Blog

Telegram kanalining logotibi xurshid_zaripov — Xurshid Zaripov | Blog X
Telegram kanalining logotibi xurshid_zaripov — Xurshid Zaripov | Blog
Kanal manzili: @xurshid_zaripov
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 71
Kanalning ta’rifi

Yaqinlarimiz uchun😊
▪️ Ustozlarim bilimlari
▪️ Kuzatuvlarim
▪️ Insaytlar
▪️ Fikrlarim
▪️ #biznes #digitalthinking #IT
👨‍💻 @Zaripof

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-08-12 06:11:48 O'zing o'rgan

1. Xodimga ishini o'rgatsa bo'ladi - farosatni o'rgatib bo'lmaydi.

2. Dasturchiga kod yozishni o'rgatsa bo'ladi - fikrlashni o'rgatib bo'lmaydi.

3. Dizaynerga Photoshopni o'rgatsa bo'ladi - didni, kreativlikni o'rgatib bo'lmaydi.

4. Kassirga pulni tez sanashni o'rgatsa bo'ladi - halollikni o'rgatib bo'lmaydi.

5. Xohlovchilarga tadbirkorlik sirlarini o'rgatsa bo'ladi - duxni, qat'iyatni, tavakkulni o'rgatib bo'lmaydi.

6. O'rgatib bo'lmaydimi, demak odam o'zi o'rganishi kerak. O'zi o'rganadiganlar esa kam. Biror xususiyat qancha kam bo'lsa shuncha qadrlanadi.

7. Qadrli kadr bo'lmoqchimisan? - Birov o'rgata olmaydigan narsalarni o'rgan.

8. Yuqoridagilardan yana 2ta ajoyib xulosa olish mumkin:
1) Senga biror ishni o'rgata olishdimi? - Yaqin kelajakda algoritmga ham o'rgata olishadi.
2) Kuchli universitetlarning maqsadi - O'rtacha odamni olib unga maksimal bilim berish emas. Balkim o'zi o'rgana oladiganlarni topib, ularga sharoit yaratib berish.

@xurshid_zaripov
539 views03:11
Ochish/sharhlash
2021-08-03 21:13:38 Channel photo updated
18:13
Ochish/sharhlash
2021-08-01 10:38:48 Yoshlikka qaytib

1. Odam ba'zan yoshlikka qaytgisi kelib qoladi.

2. Qaytib qolgach, ba'zi ishlarni boshqacharoq qilishi haqida o'ylaydi. O'sha davrda qadriga yetmagan narsalarni eslaydi. Afsuslanadi.

3. Juda ko'p tengdoshlarimdan eshitaman: yoshligida yaxshi o'qimaganligi, til o'rganmagani, biznes boshlab ko'rmagani, vaqtini ko'p behuda sarflaganiga afsuslanadi.

4. Yoshlikda vaqt naqadar muhimligini tushunib yetish oson emas. Shu sababdan uni isrof qilish odatiy hol. Buning uchun o'zini ko'p urushish kerak emas. Lekin...

5. Kelajakda hali shunday kunlar keladi - hozirgi holatingni eslab, shu kunlarga qaytging keladi. Qaytib qolsang, vaqt isrofini kamaytirish, ko'proq narsa o'rganish, ilm va oilaga ko'proq vaqt ajratishni yo'lga qo'yish haqida o'ylagan bo'larding.

6. Endi savol: Shu ishlarni hozir nega qilmayapsan?

@xurshid_zaripov
766 views07:38
Ochish/sharhlash
2021-07-27 07:25:34 ​​Universitet maqsad emas

1. Yaxshilab o'ylab qarasa, odamlarga mashina emas, manzilga tez va xavfsiz yetib borish usuli kerak.

2. Kitobning o'zi emas, uning ichidagi bilim kerak.

3. Kofening o'zi emas, uning ortidan keladigan tetiklik kerak.

4. Shunday fikrlaydigan odam, maqsadlar bilan o'ylaydigan, shunday fikrlamaydigan odam esa jarayon bilan o'ylaydigan bo'ladi.

5. Universitetda o'qishdan maqsad yuqori daromadli ish yoki biznesni eplab ketish bo'lsa - bu to'g'ri maqsad. Lekin hamma ham o'ziga shunday maqsad qo'yadimi?

6. Universitet maqsad emas, maqsad yo'lidagi vosita.

@xurshid_zaripov
527 views04:25
Ochish/sharhlash
2021-07-18 07:13:46 Assalomu aleykum

Shaxsiy blogimga xush kelibsan yaqinim

Bu blogda ustozlarim bilimlari, kuzatuvlarim, insaytlar, shaxsiy rivojlanish va o'z fikrlarimni yozib sen bilan ulashib boraman.

Qisqa qilib aytganda ilm atrofidagi yaqinlarim uchun foydali kontent yaratashishga harakat qilaman.

Blog yurg'izishdan maqsad esa, sening qimmatli vaqtingni foydali bilmlar bilan band qilish.

@xurshid_zaripov
530 viewsedited  04:13
Ochish/sharhlash