Get Mystery Box with random crypto!

Kim aytgan? Uni intervyuga chaqirishdi Qanday yashash haqida | Xurshid Zaripov | Blog

Kim aytgan?

Uni intervyuga chaqirishdi

Qanday yashash haqida maslahatlar so’rashdi

Yana biznes haqida so’rashdi

Yana uylanish haqida

Nega aynan uni chaqirishdi?

Axir, u

Yuz yillardan beri kitoblarda bor gaplarni gapirayaptiku

Balki chiroyli gapirgani uchun chaqirishgandur

Balki yutuqlari borligi uchun

Yutuqlari bor odam gapirsa, gap ta’sirli chiqadi

Biror maslahat eshitsak, kim aytganini so’raymiz

Maslahatning o’zidan, uni kim aytgani muhimroq

Biz tanisak, hurmat qilsak, mashhur odam bo’lsa

Amal qilishimiz oson bo’ladi

Xo’sh unda

Nega hadislar bizga ta’sir qilmayapti?

Amal qilmayapmiz?

Bilmaganimiz uchun emas

Juda ko’pini yoddan bilamiz

Biz shunchaki

Hadislarni aytgan odamni yaxshi tanimaymiz

Aziz Rahimov (Merit school asoschisi)

@xurshid_zaripov