Get Mystery Box with random crypto!

Men intizomni sevaman Butun dunyo bayramda bayramgacha yashay | Xurshid Zaripov | Blog

Men intizomni sevaman

Butun dunyo bayramda bayramgacha yashaydi. (Yangi yil, 8-mart, tug'ilgan kun, to'y). Bu hodisalarga katta urg'u berilib uzoq tayyorgarlik ko'riladi.

Lekin hayotimizdagi har bir yaxshi narsa (odobli farzandlar, daromadli ish, sog'lom tana, baxtli oila) har kunlik muntazam va zerikarli harakatlarimiz (o'z ustida ishlash, kitob o'qish, sportga borish)tufayli bizga nasib qiladi.

Sen bir martalik hodisalarni(diplom olishing, to'ying, sayohat) kutib umringni o'tkazib yuborishing, yoki har kunlik jarayonlardan zavq olishni o'rganishing mumkin.

Jarayondan zavq olishning yaxshi tarafi - u sen bilan har kuni birga. Natija esa bo'lish bo'lmasligi aniq emas. Jarayonni sen amalga oshirishing kerak. Natijani Alloh beradi.

Hayotdan maqsad - biror narsaga erishish emas, hayotning o'zi, jarayondan maqsad - jarayonning o'zi. Natijadan maqsad - o'zini ko'rsatib qo'yish, yoki maqtanish. Bayramdan maqsad - zerikishdan qochish. Bu postdan maqsad - seni jarayonni sevishga o'rgatish.

@xurshid_zaripov